Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/63670-ernest-xeminguey-yozuvchi-va-urush.html
Ernest Xeminguey. Yozuvchi va urush
Mavzu fayllari (1)
Xabarlar
Yozuvchi va urush
(Amerika yozuvchilarining 1937 yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan 2-kongressida so‘zlangan nutq)
Yozuvchining vazifasi o‘zgarmaydi. Uning o‘zi o‘zgaradi, vazifasi esa o‘sha-o‘shaligicha qolaveradi. Bu vazifa har doim rost yozish va asil mohiyatni o‘quvchining ongu-shuuridan joy oladigan qilib ifodalab berishdan iborat.
Bundan qiyin ishning o‘zi yo‘q, qiyinligi shu bilan izohlanadiki, bu ishni uddalagan yozuvchi, ertami-kechmi, baribir, mehnatining mukofotini oladi — mashhurlikka erishadi. Agar mashhurlik erta kelsa, bu ko‘pincha yozuvchini o‘ldiradi. Shuhratning juda kechikishi ham uni alamzada qilib qo‘yadi. Ba’zan yozuvchi mashhurlikning unga qizig‘i qolmagan paytda — o‘limidan so‘ng shuhrat qozonadi. Ammo aynan haqqoniy, umrboqiy asar yozish shunchalik qiyinligi tufayli ham haqiqatan zo‘r yozuvchi ertami-kechmi baribir e’tirof etiladi. Faqat romantiklargina dunyoda «noma’lum masterlar» bor deb o‘ylaydilar.
Haqiqiy zo‘r yozuvchi murosa qilib yashasa bo‘ladigan deyarli barcha hukumatlar tomonidan tan olinadi. Yaxshi yozuvchilarni yetishtirib berolmaydigan faqat bitta siyosiy tuzum bor, bu tuzum — fashizm. Chunki fashizm — banditlarning og‘zidan chiqayotgan yolg‘ondir. Yolg‘on gapirishni xohlamaydigan yozuvchi fashizm hukmron mamlakatda yashayolmaydiyam, ishlayolmaydiyam.
Fashizm — boshdan-oyoq yolg‘onga asoslangan tuzum, shuning uchun u adabiy bepushtlikka mahkum. U o‘tmishga aylanganda undan qonli tarix, qotilliklar, buzg‘unchilik, vayronagarchilikdan boshqa hech narsa qolmaydi, hozir bu hammaga kunday ravshan va oxirgi bir necha oy mobaynida ayrimlarimiz bunga bevosita guvoh ham bo‘ldik.
Yozuvchi urush nima uchun va qanday olib borilishini bilsa, bunga ko‘nikadi. Bu juda muhim, biroq kutilmagan yangilikdir. Unga rostdan ham ko‘nikib qolganingga hayron qolasan kishi. Har kuni frontda bo‘lganingda va pozitsion urushni, manyovrli urushni, hujum va qarshi hujumlarni ko‘rganingda, bularning hammasi o‘zgacha ma’no kasb etadi, qancha odamimiz o‘ldirilgani va jarohatlanganiga qaramay odamlarimiz nima uchun kurashayotganini bilsang, aql bilan kurashayotganini bilsang, bularning barchasi bejiz emasligini tushunasan. Odamlar — sening eski do‘stlaringu yangi birodarlaring — o‘z vatanini chet ellik bosqinchilardan ozod qilish uchun kurashayotganida, ularga qanday hujum qilishganini va ular qanday kurashganini, urushning boshida ularning hatto aytarli qurol-yarog‘i ham bo‘lmaganini bilganingda, ularning hayotiga, kurashiga va qanday halok bo‘layotganiga qarab turib dunyoda urushdan ham yomon narsalar borligini anglay boshlaysan. Qo‘rqoqlik yomon, xoinlik yomon, xudbinlik yomon.
Madridda biz, harbiy muxbirlar, o‘tgan oy o‘n to‘qqiz kun mobaynida qotilliklar guvohi bo‘ldik. Uni german artilleriyasi sodir etdi, bu puxta uyushtirilgan qonxo‘rlik edi.
Men urushga ko‘nikasan dedim. Agar harb ilmiga, bu ulug‘ ilmga rostan ham qiziqsang, boshiga ajal soya solib turganida odamlar o‘zini qanday tutishiga astoydil qiziqsang shunchalik berilib ketasanki, o‘z taqdiring haqidagi birgina o‘y ham qabih xudbinlikday tuyuladi.
Biroq qotillikka ko‘nikib bo‘lmaydi. Biz esa Madridda uzluksiz o‘n to‘qqiz kun ommaviy qotillik sodir etilganini ko‘rdik.
Fashistik davlatlar total urushga ishonishadi. Bu shuni anglatadiki, zo‘rdan zo‘r chiqib qurolli kuchlar ularning dabdalasini chiqarganida mag‘lub bo‘lgan fashistlar har gal tinch aholidan alamini olishadi. Bu urushda, 1936 yil noyabr oyining o‘rtalaridan boshlab, ularni G‘arbiy parkda, Pardoda, Karabanchelda, Xaramda, Briuego yaqinida, Qurdoba yaqinida tor-mor qilishdi. Va har gal frontdagi mag‘lubiyatdan so‘ng ular tinch aholini o‘ldirish, qirish bilan o‘zlarining ta’biricha nomusini saqlab qolishdi.
Bularning barchasini ikir-chikirlarigacha tasvirlay boshlasam qusqingiz kelishi, qalbingizda nafrat o‘ti alangalanishi mumkin. Biroq buning hozir bizga keragi yo‘q. Biz fashizmning kirdikorlarini va unga qarshi qanday kurashish lozimligini yaxshi bilib olishimiz kerak. Biz bu qotilliklar hali hammasi emasligini, bu bosqinchilik, xavfli bosqinchilik — fashizmning bor-yo‘g‘i bir epkini ekanligini tushunishimiz shart. Bosqinchini esa faqat bitta yo‘l bilan — tumshug‘iga yaxshilab tushirish bilan tiyish mumkin. Ispaniyada hozir bundan bir yuzu o‘ttiz yil avval xuddi shu yarimorolda Napoleonning dodini berishgani singari fashist bosqinchisining kunini ko‘rsatishmoqda. Fashistik davlatlar buni bilgani uchun hamma narsaga tayyor turibdi. Italiya uning askarlari o‘z mamlakatidan tashqarida jang qilmasligini biladi va juda yaxshi qurollantirilganiga qaramay ularni internatsional brigadalar jangchilari u yoqda tursin, Ispan xalq armiyasi askarlari bilan ham taqqoslab bo‘lmaydi.
Germaniya har qanday hujumkor urushda ittifoqchi sifatida Italiyaga suyana olmasligini anglab yetdi. Men yaqinda fon Blomberg uning uchun marshal Badolo uyushtirgan dabdabali manyovrlarda qatnashgani haqida o‘qidim; ammo Venetsiya tekisligida, har qanday dushmandan uzoqda manyovr o‘tkazish boshqa narsa, Briuego va Triuego o‘rtasidagi platoda o‘n birinchi va o‘n ikkinchi interbrigadalar hamda Lister, Kampesino va Merning ajoyib ispan harbiy qismlarining kontrmanyovriga duch kelib uchta diviziyadan judo bo‘lish umuman boshqa narsa. Almeriyani bombardimon qilish va xoinlik tufayli qo‘ldan ketgan himoyasiz Malagani bosib olish boshqa narsa, Qurdoba yaqinida yetti ming askarni va Madridga qilingan behuda hujumlarda o‘ttiz ming askarni qurbon berish mutlaqo boshqa narsa.
Men nutqimni rost va haqqoniy yozish qanchalar qiyinligi haqidagi, bunday mahoratga erishganlarni muqarrar mukofot kutishi haqidagi gaplar bilan boshlagan edim. Ammo urush davrida — xohlaymizmi-yo‘qmi, biz hozir urush davrida yashayapmiz — mukofotlar keyinga suriladi. Urush haqidagi bor gapni yozish juda xavfli, haqiqatni kavlashtirish ham juda xatarli. Amerika yozuvchilaridan kimlar haqiqat izlab Ispaniyaga borgan, anig‘ini bilmayman. Men Linkoln nomidagi batalonning juda ko‘p jangchilarini bilaman. Biroq ular yozuvchi emas. Ular faqat xat yozishadi. Juda ko‘p ingliz yozuvchilari, juda ko‘p nemis yozuvchilari, juda ko‘p frantsuz va holland yozuvchilari Ispaniyaga jo‘nab ketishdi. Frontga haqiqat izlab borgan kishi esa uning o‘rniga ajalga duch kelishi mumkin. Lekin, deylik, o‘n ikki kishi ketib, faqat ikki kishigina qaytib kelsa ham ular keltirgan haq gaplar biz og‘iz ko‘pirtiradigan eshitma gaplar, mishmishlar emas, ayni haqiqat bo‘ladi. Haqiqatning tagiga yetish uchun jonni xatarga qo‘yish kerakmi — buni yozuvchilarning o‘zlari hal qila qolishsin. Albatta, nazariy mavzulardagi ilmiy munozaralarda vaqt o‘tkazish ancha tinchroq. Yangi bid’atlar, yangi tariqatlar, g‘ayriodatiy ta’limotlar va tushuniksiz romantik «buyuk»lar ham har doim topiladi — biror ishga go‘yoki ishonadigan, lekin uning uchun biron nima qilishni xohlamaydigan, faqat bahslashib o‘z fikrini, birovlar uchun issiq-sovug‘i bo‘lmagan fikrini himoya qilishni xohlovchilar uchun bundaylar topilaveradi. Ustalik bilan tanlangan bu nuqtai nazarga yozuv mashinkasi bilan yopishib olib, uni qalam bilan mustahkamlaydilar. Ammo urushni tadqiq etishni xohlovchi har qanday yozuvchining boradigan joyi aniq. Aftidan, hali bizni ko‘p yillik e’lon qilinmagan urushlar kutib turibdi. Yozuvchilar ularda har xil ishtirok etishlari mumkin. Oxir-oqibat, buning ajrini oladigan payt ham keladi. Ammo bu yozuvchilarni hayajonga solmasligi darkor. Chunki hali bungacha ko‘p vaqt bor. Yozuvchi mukofotdan qattiq umidvor bo‘lishi ham kerak emas. Chunki u Ralf Foks va boshqa ayrim adiblar kabi yozuvchi bo‘lsa taqdirlanadigan vaqt kelganda uni tiriklar orasidan topa olmasliklari mumkin.
Rus tilidan Hasan Karvonli tarjimasi

Biriktirilgan fayllar [1]:
— ernest_heminguey.jpg (88.33 KB) (133 ↴)

Tavsiya etamiz:
- Hoziroq maydonlarni to'ldiring va reklamangizni joylashtiring!
Mavzuga oid xabarlar soni: 1 ta
So'ngi faollik vaqti: 10:02:06, 8 Jun 2019