Qara yurak qaytib keldi u Qara yurak qaytib keldi u, Rosa azob chekkan menimcha. Qadrimizni endi bildi u, Bizni tashlab ketgan xonimcha. Qara yurak qaytib keldi u, Sevgimizni mensimagandi. Asal deya tutqazdi og'u, O'sha vaqtda men sinmagandim. Qara yurak qaytib keldi u, Ahvolini ko'r endi uni. Xech kim uni mendek sevmasdi, Afsuski kech tushundi buni. Qara yurak qaytib keldi u, Nechtasini qo'lidan o'tib. U quvonchga to'lgan kunlarda Men yashadi azoblar yutib. Qara yurak qaytib keldi u, Ismin qalbdan o'chirganim yo'q. To'g'ri yurak hamon sevaman, Ammo uni kechirganim yo'q. Qara yurak qaytib keldi u, Tor ko'nglida afsus, nadomat. Mendaqasin topolmabdi-ku, Ahmad qayta bermas imkoniyat.