
Navro'z

----------

Yer yashil, ko'k yashil, bu borliq yashil,
Tabiatda o'zgacha go'zallik fusun.
Elimning sog'ingan bayrami asil,
Marhabo, Navro'zim, salom, Yangi kun!

Sen kutgan dillarga shodlik ola kel,
Fayz keltirgin xalqim xonadoniga.
Dehqon dalasiga hosil ola kel,
Sog'lik ola kelgin xasta dillarga.

Yoshimizga bir yosh qo'shilib yana,
Ulg'ayibmiz hayot ostonasida.
Qalblarda yuksalish, musaffo, toza,
Turibmiz poklanish pog'onasida.

Go'zal ohanglarga berilib bugun,
Qalbda bir poklanish, xush navo ustun.
Kelgin endi borliqni yashnatib butun,
Marhabo, Navro'zim, salom, Yangi kun!

          (Nilufar Sharipova)

http://sub.james