Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=11505
Postga havola
BestCracker [539] [off]
Xorijdagi nufuzli oliy o’quv yurtlarida o’qishni xohlamaydigan abituriyent bo’lishi mumkin emas. Ishonamanki, saytimiz foydalanuvchilarining har biri ham qaysidir xorijiy o’quv yurtida o’qib kelishni qachondir orzu qilgan. Umuman, ingliz tilini ta’limiy maqsadlarda o’rganishga kirishgan har bir abituriyent ingliz tilida jonli muloqot, darslar va seminarlar o’tkaziladigan xorijiy davlatlarda oz muddatga bo’lsa ham borib, tahsil olishni xohlaydi.
Abituriyentlarning xorijiy davlatlar o’quv yurtlariga qabul qilinishining asosiy ikki yo’li bor: to’liq to’lov-kontrakt shartnomasi asosidagi o’qishga ketish va o’qish xarajatlari to’liq universitet yoki boshqa biror tashkilot tomonidan qoplanadigan imtiyozli grant dasturlari yordamida tahsil olish uchun xorijga borish.
Albatta, puldan muammo bo’lmasa, xorijning deyarli har qanday o’quv yurtiga hech qanday muammosiz o’qishga qabul qilinish mumkin. Odatda xorijiy universitet va institutlar talabalarning bir yillik o’qishlari uchun to’lovlari ichiga talabalarning yil davomida yotoqxona (campus)da yashashlari, qo’shimcha darslarga qatnashishlari (zaruriy holatlarda), kitoblardan foydalanishlari va boshqa xarajatlarni kiritgan holda ko’rsatishadi. Hozirgi narxlarda Yevropa davlatlaridagi o’rtacha nufuzga ega bo’lgan, oddiy universitetda o’qishning bir yillik narxi tahminan 60 000 – 120 000 dollar oralig’idagi summani tashkil qiladi. Avvalroq aytib o’tilganidek, bu narx talabaning bir yillik yashashi, kitoblardan foydalanishi va boshqa xarajatlarini o’z ichiga oladi.
To’liq o’zining hisobidan, pul to’lab o’qishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun universitetlar mahsus grant dasturlar (scholarships)ni joriy qilgan bo’lishi ham mumkin. Bunda talabalar mahsus imtihondan o’tkaziladi, o’zlarining mutaxassisliklari asosida sinaladi va muvaffaqiyatli o’tgan talabalar to’lov-kontrakt summasining ma’lum bir qismini to’lamaslik (chegirma) sharti bilan o’qishga qabul qilinadi. Misol uchun, grantsiz talabalar bir yil o’qish uchun 60 ming dollar to’lashlari ko’rib chiqing. Universitetlar ro’yxati va har birining rasmiy saytlari haqidagi ma’lumotni mana bu yerdan olasiz:
AQShdagi barcha universitetlar ro’yxati, ular haqida to’liq ma’lumot va rasmiy sayti
Angliyadagi barcha universitetlar ro’yxati, ular haqida to’liq ma’lumot va rasmiy sayti
Avstraliyadagi barcha universitetlar ro’yxati, ular haqida to’liq ma’lumot va rasmiy sayti
Malayziyadagi barcha universitetlar ro’yxati, ular haqida to’liq ma’lumot va rasmiy sayti
O’zingizga ma’qul bo’gan universitetni topib olish uchun universitet rasmiy saytining «International Students» («Xalqaro talabalar»), yoki «Scholarships» («Imtiyozli grantlar») bo’limlaridagi ma’lumotlarni o’qib chiqing. Bu bo’limlarda chegirma olishni xohlovchi talabalar uchun ma’lumotlar, chegirma shartlari, to’liq imtiyozli grantlar (agar bo’lsa), o’qish uchun qancha pul to’lanishi kerakligi (aniq summalarda), to’lov o’z ichiga nimalarni olishi va hokazo foydali ma’lumotlar berilgan bo’ladi.
Misol uchun, Angliyadagi Brighton Universiteti rasmiy www.brighton.ac.uksaytiga tashrif buyuramiz. Ilk sahifadanoq, asosiy menyuda «International Students» bo’limining borligini ko’ramiz. Bu yerda universitetga turli chet davlatlardan kelib o’qishni xohlagan talabalar uchun barcha kerakli ma’lumotlar berilgan.
Xorijiy davlatlarda to’lovsiz, to’liq imtiyozli grant asosida o’qishga ketishning yana bir yaxshi usuli, shu turdagi imtiyozni beruvchi grant dasturlarni xorijiy davlatlar elchixonalari saytining xalqaro ta’limiy aloqalarga ajratilgan bo’limidan qidirishdir. Bu juda oson: o’zingiz o’qishni xohlagan davlatning O’zbekistondagi elchixonasi saytiga kirasiz va shu davlatda o’qish imkoniyatini beruvchi grant dasturlar bilan tanishib chiqasiz. Odatda elchixona saytida faqat to’liq imtiyozli grantlarga imkoniyat yaratib beruvchi dasturlar o’rin oladi. Sizning qiladigan ishingiz elchixona saytiga kirish, grant dasturlarining shartlari bilan tanishib chiqish va agar mos kelsangiz, belgilangan vaqtgacha o’zingiz tanlagan grant dasturiga barcha shartlarni qanoatlantirgan holda xujjatlarni topshirish bo’ladi. Xorijiy davlatlarning Toshkentdagi elchixonalari saytlarini Google saytida «XXX embassy in Tashket» deb qidirish orqali topishingiz mumkin. «XXX» o’rnida istalgan xorijiy davlat nomini yozing. Masalan, «Australia embassy in Tashkent».
Toshkentdagi AQSh va Angliya elchixonlarining rasmiy saytlari:
AQSh elchixonasi sayti: uzbekistan.usembassy .gov
Angliya elchixonasi sayti: www.gov.uk/govern ment/world /organisations /british-embassy- tashkent
O’zingizga ma’qul bo’lgan grant dasturini tanlang va uning shartlarini qanoatlantirish hamda xorijda o’qish imkoniyatini qo’lga kiritish uchun imkoningiz boricha harakat qiling. O’zingiz istagan xorijiy o’quv yurtida tahsil olish imkoniyatiga ega bo’lishingizga tilakdoshman!
Manba: Azamat.Uz