Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=11898
Postga havola
MrShahzodbek [1027] [off]
Yaqindagi prezidentimiz Sh. Mirziyoyev "Yoshlar ittifoqi kutilgan natijalarni bermayabdi" deb ta'kidlagandi videoselektor yig'ilishida. Yana vaysaydiganlar bormi? Shaxsan yurtboshi shunday deb tursa, qolganlar YIni maqtash bilan band bo'lsa, o'tmishni eslagandek bo'laman. Kamolotni ham ko'klarga ko'tarishgandi, keyin 30-iyundagi yig'ilishda Kamolot haqida tanqidiy fikrlar shaxsan davlat rahbari tomonidan bildirilgach, ko'zi ochilganini ta'kidlaganlar, zalni to'ldirib qarsak chalganlarni eslaysizmi? Tanqid kelajak mevasi. Nega o'shanda birorta Kamolot Maddohi Prezidentga Kamolot haqida noto'g'ri tanqid qilgani haqida ayta olmadi? Qolganlarning tanqidi sababli shaxsiyatga o'tayotgan o'sha maddohlar nega jim bo'lib qolishdi? Yaqin kelajakda YIdan bir rahbarvachchaning haqli tanqid uchun tanqid egasi shaxsiyatiga tegishgacha borganligi haqida xabarlar tarqaldi ijtimoiy tarmoqlarda. Xo'sh, tanqidni ko'tarolmas ekansan, nima qilasan, qovoq kallang bilan, sirkasi suv ko'tarmaydigan YI faoli bo'lib?