Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=14963
Postga havola
Enrique [637] [off]
Enrike Iglesias sabab Obid Asomov konsertining bir kuni 2018-yilga ko‘chirildi
Enrike Iglesiasning 28-dekabrda “Istiqlol” san’at saroyida konsert berishimunosabati bilan Obid Asomovning uch kunlik “Sizlarni sog‘indim” nomli konsertining bir kuni 2018-yilga ko‘chirildi. Bu haqda konsert tashkilotchisi “San’at bravo” MChJ rahbari Javlon Jo‘rayev jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.28-dekabr kuni Enrike Iglesias “Istiqlol” san’at saroyida konsert berishi sababli Obid Asomovning 28-dekabrdagi konsert dasturi 2018-yil 2-yanvar kuni, soat 19:00 ga ko‘chirildi. 28-dekabr kuniga bilet sotib olgan muxlislar 2-yanvar kuni bemalol konsertda mehmon bo‘lishlari mumkin. Agar 2-yanvar kuni boshqa rejada yurgan bo‘lishsa, kelib biletlarini 29 yoki 30-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan dasturga almashtirib yoki umuman biletning pulini olib ketishlari ham mumkin.
Javlon Jo‘rayev, konsert tashkilotchisiMa’lumot uchun, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomovning konsert dasturi 28—30-dekabr kunlariga rejalashtirilgan edi.