Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=15575
Postga havola
Enrique [637] [off]
Enrike Iglesias konsertining faol yoshlarga bepul tarqatilgan chiptalari 5 mln so‘mgacha sotilmoqda
Ispaniyalik jahonga mashhur xonanda Enrike Iglesias 28-dekabr kuni Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida konsert beradi. “Mehmon otangdan ulug‘” deyishganidek, Iglesias sabab taniqli so‘z ustasi Obid Asomovning uch kunlik konsertidan bir kuni 2018yilga o‘tib ketdi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu konsert Alisher Usmonovdan O‘zbekiston yoshlariga Yangi yil sovg‘asi ekani aytildi. Enrike Iglesias Facebook’dagi sahifasida “Toshkentdagi konsert chiptalari allaqachon sotuvda!”, deb yozgani bilan chiptalar faqat faol va iqtidorli yoshlarga tarqatilishi ma’lum qilindi. Lekin..
“Chiptalar sotilmaydi faol va iqtidorli yoshlarga sovg‘a qilinadi” deyilgandi
Enrike Iglesiasning Toshkentda konsert berishi haqidagi gap-so‘zlar dekabr oyi o‘rtalarida, R. Uilyamsning konsertidan so‘ng paydo bo‘lgan edi. “Istiqlol” san’at saroyi direktori Isroil G‘ulomov 19-dekabr kuni “Daryo”ga bergan qisqa intervyusida ispaniyalik xonanda haqiqatan ham 28-dekabr kuni Toshkentda kuylashini tasdiqlab, “chiptalar narxi hozircha ma’lum emasligi”ni bildirgan edi.
Isroil G‘ulomov konsertga chipta sotilmasligi, barcha tomoshabinlar unda taklifnoma asosida mehmon bo‘lishi haqida 23-dekabr kuni “Daryo”ga ma’lum qildi. Shu kuni “Nuz.uz” nashri Enrike Iglesiasni Toshkentga rossiyalik milliarder Alisher Usmonov olib kelayotgani, konsert chiptalari Madaniyat vazirligi va Yoshlar Ittifoqi, shuningdek, boshqa jamoat tashkilotlari va Mehribonlik uylari orqali iqtidorli, faol yoshlarga tarqatilishi haqida xabar berdi.
Bundan tashqari, o‘qishda va jamoatchilik ishlarida ma’lum bir yutuqlarga erishgan o‘quvchi va talabalar ham ispaniyalik xonandaning konserti chiptalarini bepul qo‘lga kiritishi mumkinligi aytilgan edi. Bu gaplar tasdig‘i o‘laroq, 26-dekabr kuni Xalqaro press-klub O‘zbekiston Oliy ta’lim vazirligining milliarder Alisher Usmonovga yo‘llagan tashakkurnomasini e’lon qildi.
“Bizga beg‘araz asosda taqdim etilgan chiO‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi 24-dekabr kuni o‘zining Telegram’dagi kanalida tashkilot Enrike Iglesiasning konsertiga chipta tarqatayotgani haqidagi xabarlarni “mish-mish” deb atab, “bu gap-so‘zlar hech qanday asosga ega emasligi” haqida bayonot berdi. 26-dekabr kuni esa tashkilot rahbari Qahramon Quronboyev “Yoshlar Ittifoqi ushbu konsert uchun o‘ziga ajratilgan bepul taklifnomalarni iqtidorli va eng faol yoshlarga tarqatayotgani” haqida xabar berdi.