PS.Enrike Iglesiasning Moskvadagi konsertida u bilan tengma-teng qo‘shiq kuylagan o‘zbekistonlik Ulug‘bek Ismoilov ispaniyalik xonandaning Toshkentdagi konsertiga ikkita chipta olgani haqida Instagram’dagi sahifasida e’lon qildi. U — o‘zbek shou-biznesiga aloqador faol shaxslardan biri, biroq Yoshlar Ittifoqiga a’zomi yoki O‘zbekistondagi biror oliygohning a’lochi talabasimi — bu noma’lum. Katta ehtimol bilan, u ham yo “Daryo” muxbiri ko‘rgan olibsotarlardan biri bilan uchrashgan, yoki konsert tashkilotchilaridan chipta olgan — har holda, uni Enrike Iglesiasning o‘zi ham taniydi.