Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=16141
Postga havola
Fozil [217] [off]
Muallif: Gulruxsora SANA: Dekabr 30, 2014Uncategorized
“Blog”, “bloger” va “blogerlik” kabi so‘zlarning dunyoga kelganiga hech qancha bo‘lmay, kundalik hayotimizga jadal sur’atlar bilan kirib keldi. Bloglar esa o‘z navbatida “fuqarolik jurnalistikasi” degan tushunchani yuzaga keltirdi. Endi jurnalistika sohasiga ishtiyoqi baland, mutaxassis bo‘lmaganlar ham havaskor jurnalist sifatida internetda o‘z shaxsiy bloglariga ega bo‘lishi, axborot tarqatuvchi sifatida faoliyat yuritishi, o‘zi guvohi bo‘lgan voqealarni yoritish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Blogerlik asli nima? Qachon, qaerdan kelib chiqqan? Ilk blogerlar kimlar va ilk bloglar qanday faoliyat yuritgan? Blogning funksiya va turlari qanday? Jahonda va O‘zbekistonda blogerlarni rag‘batlantiruvchi qanday tanlovlar mavjud? Blogerlikning yutuqlari va imkoniyatlari? Mazkur maqolada ushbu savollarga javob aks ettirilishi ko‘zda tutilgan.
“Blog” atamasi “web log”1 (voqealar internet-jurnali, internet kundalik, onlayn-kundalik) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, internetda nashr qilingan muhokama yoki axborot sayti hisoblanadi. Blogda muntazam yozib boriladi va u matn, rasmlar yoki multimediadan iborat bo‘ladi. Bloglarning o‘ziga xos jihati – bu ularning qisqaliligi, vaqt qiymatiga ega ekanligi va teskari xronologik tartibda joylashishi, ya’ni oxirgi chop etilgan maqola (post, blogpost) eng tepada turadi. 2009-yilgacha bloglar, asosan, yakka mualliflar tomonidan yuritilgan. Keyinchalik bloglar kichik guruhlar tomonidan ham yuritilib, asosan, bir yo‘nalishdagi mavzular yoritilgan. Bunday bloglar ko‘p muallifli bloglar, ya’ni jamoaviy bloglar (multi-author blogs) deb ataladi. Jamoaviy bloglar internetda gazeta-jurnallar, boshqa media nashrlar, universitetlar, “ThinkTank”lar (tahliliy markazlar), advokatlik guruhlari va kichik institut saytlarining tarkibiga blog foydalanuvchilarini jalb qilish va ko‘paytirish maqsadida tashkil qilinadi.
Tvitter va boshqa mikroblog yuritish tizimlarining rivojlanishi jamoaviy bloglar va yakka mualliflik bloglarining ijtimoiy yangiliklar oqimiga uyg‘unlashuviga sabab bo‘ldi. Bloglarning oddiy an’anaviy kundaliklardan farqi – uning ommaviyligi, doimiy o‘quvchilarga ega ekanligi, muallif va o‘quvchi o‘rtasida bevosita muloqot (izoh qoldirish imkoniyati) ning mavjudligi2. Bloggerlar faqatgina bloglariga maqola yozibgina qolmasdan, o‘z o‘quvchilari va boshqa bloggerlar o‘rtasida ijtimoiy aloqalarni o‘rnatadi3. Bloglarni yurituvchi shaxslar blogerlar deb ataladi. Tarmoqdagi barcha bloglar umumlashtirilib “blogosfera” deb ataladi. Bloglar deganda, ba’zan shaxsiy saytlar ham nazarda tutiladi, chunki bunday saytlarda muallifning shaxsiy qarashlari o‘rin oladi.
Blog nima, degan savolga mutahassislar quyidagicha ta’rif berishgan: Ilk bloglardan biri “Scripting News” blogining muallifi Dev Vayner “Garvard Universiteti bloglari: blogni nima blog qiladi” (2003-yil 23-may) nomli maqolasida blogga shunday ta’rif beradi: “Blog – matn, rasmlar, media ob’ekt va ma’lumotlarning xronologik tartibda ketma ket joylashgan ko‘rinishi”. U o‘z fikrini Weblogs yangiliklari saytida chop etgan “Bloglar tarixi” nomli maqolasida rivojlantirib, deydi: “Bloglar gid yordamida bilib boradigan davomiy sayohatning bir ko‘rinishidir. Bu yerda tanlash mumkin bo‘lgan bir nechta qo‘llanmalar mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘z auditoriyasiga ega”4.
Marketing Terms saytida esa blogga “shaxsiy fikr-mulohazalarning tez-tez yangilanuvchi xronologik nashri” deya ta’rif berilgan5. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘atida blogga quyidagicha izoh beriladi: “Blog – asosan, muntazam ravishda chop etiladigan yozuvlar, tasvirlar yoki multimediadan iborat veb-sayt. Odatda, bloglar xronologik tartibda joylashtirilgan va uzun bo‘lmagan yozuvlardan iborat. Mualliflariga qarab bloglar shaxsiy, guruhiy (masalan, korporativ) yoki ommaviy (ochiq), tarkibi bo‘yicha esa tematik yoki umumiy bo‘lishi mumkin. Blogni olib boruvchi shaxslar blogerlar deyiladi. Internetdagi barcha bloglarning jami blogosfera deyiladi”6.
Boshqa bir mutaxxasis, Debbi Veyl, bu atamasi keng ma’noda tushunadi va o‘z fikrini quyidagicha bildiradi: “Blog – o‘z ishonchli taassurotlarini, fikrlarini tahrirlanmagan shakli; tez-tez yangilanib turadigan ma’lumotlarning onlayn jurnali; o‘z o‘quvchilari yordamida yangi jamiyat yaratishning bir yo‘li; talabalarga qanday yozishni o‘rgatish vositasi; mijozlar bilan munosabat o‘rnatishning yangi yo‘li; yirik kompaniyalarda malaka oshirishning yangi shakli; ishsizlarni band qilish yo‘li” deb javob beradi7.
Demak, guvohi bo‘lganimizdek, blog bugun onlayn-kundalik darajasidan o‘sib, yirik ijtimoiy hodisa sifatida shakllanib ulgurdi.
Bloglarning rivojlanishi xronologiyasi 1992-yildan boshlanadi, shu yil Tim Berners-Li tomonidan yuritila boshlagan sahifa ilk blog hisoblanadi, unda muallif yangiliklarni nashr qilib borgan. 1996-yildan boshlab bloglar ommaviy tus ola boshladi. 1999-yilning avgust oyida San-Fransisko shahridagi Pyra Labs kompyuter kompaniyasi blogger.com saytini ochdi, u blog xizmatini ko‘rsatuvchi ilk tekin sayt edi. Hozirgi kunda bloglarning muhim tomoni yozuvlar tuzilishidagina emas, balki yangi yozuvlar qo‘shishdagi oddiylikda ko‘rinadi.
“Veblog” atamasi 1997-yil 17-dekabrda Jorn Barger tomonidan o‘ylab topilgan8. Aynan “blog” so‘zini esa 1999-yilning aprel-may oylarida Peter Merholz o‘zining peterme.com blogida hazilona tarzda yozgan9 va bu so‘z ommaviylashib ketdi10. Pyra Labs kompaniyasi xodimi Ivan Uilyams birinchi marta “blog” (to blog – “blogni tahrirlamoq” yoki “blogga yangi yozuv qo‘shmoq”) atamasini ham ot, ham fe’l turkumi sifatida ishlata boshlagan. Bu esa bloger atamasining kelib chiqishiga sabab bo‘ldi11.
Bloging ommalashishidan oldin virtual jamiyatda boshqa shakllar ham mavjud bo‘lgan: USENET, tijoriy onlayn xizmatlar– GEnie, BiX va ilk CompuServe xizmati, email ro‘yxati12 va Bulliten Board Systems (BBS, forum).
Hozirgi ko‘rinishdagi bloglar internetdan foydalanuvchilar o‘z hayotlarini yoritib turishadigan onlayn kundaliklardan kelib chiqqan. Ular kundalik yurituvchilar, jurnalistlar, jurnal yurituvchilar deb atalgan. 1994-yilda Swartmore College talabasi Jastin Xoll13 shaxsiy blogini yuritgan Jerri Purnelldek14 ilk blogerlardan hisoblanadi. Dave Vaynersning “ScriptingNews” blogi ham birinchilardan ochilgan15 va uzoq vaqt yuritilgan bloglar sirasiga kiradi16. OAV taxririyatlari tobora qiziqtirib bordi, shu tariqa, 1996-yilda The Australian Netguide jurnali o‘zining veb-saytida “The Daily Net News”17 blogini ishga tushirdi. “The Daily Net News” Avstraliyada joylashgan yangi veb-saytlardagi kunlik tahliliy maqolalar va havolalarni taqdim etib borgan.
Juda sekin rivojlanishni boshlagan blog yuritish yoki bloging 1999-yillardan keyin birinchi blog uskunalari dunyo yuzini ko‘rishi bilan tezkor suratda ommaviylashni boshladi.
1998-yil oktabr oyida Bryus Ablson “OpenDiary” xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Unda zudlik bilan minglab onlayn kundaliklar ishga tushirilgan. “OpenDiary” birinchilardan bo‘lib izoh qoldirish funksiyasini yaratdi, ya’ni boshqalar yozuvchining blogpostiga izoh qo‘sha olardi. Va aynan shu jihat uni jamoaviy blog sifatida mashhur qildi.
1999-yil mart oyida Bred Fitspatrik LiveJournal saytini ishga tushirdi.
Andryu Smales 1999-yil iyul oyida pitas.com saytini yaratdi. Mazkur sayt yangiliklar sahifasini internetga osonroq muqobilini olib kirdi18.
1999-yil sentabrda esa Diaryland sayti uning davomchisi bo‘ldi. Yuqoridagilarda, asosan, shaxsiy kundalik jamiyatlariga e’tibor qaratilgan edi.
PyraLabs xodimlari bo‘lgan Evan Uilliams va Meg Hourihan 1999-yil avgust oyida blogger.com xizmatini ishga tushirishdi (2003-yil fevral oyida Google kompaniyasi ushbu xizmatni sotib olgan).
Bloglarni o‘qish hamda ularga mualliflik qilish – bular ikkalasi ikki xil jarayon hisoblanadi. Blogning yana bir imkoniyati bo‘lmish kommunikatsiya orqali blogning muallifi bevosita muloqotda bo‘la olmagan kishilar bilan aloqada bo‘lib turadi. Yevgeniy Gorniy o‘zining maqolasida19 bloglarning muallif yaqinlari bilan muloqot vositasigina bo‘lib qolmay, quyidagi sabablar blog o‘quvchilari sonining ortishiga xizmat qilishini keltirib o‘tadi:
axborot olish;
ko‘ngilochar bitiklar;
u yoki bu holat, voqea-hodisaga nisbatan ommaning munosabatini aniqlab borish (aslida, bloglar o‘zining yirik fokus-guruhlarga egaligi bilan mashhur);
ijtimoiylashish uchun bloglarni o‘qib borish, ya’ni o‘zini mashhur insonlar hayotiga tegishli deb hisoblash.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2014-yil 10-mart holatiga ko‘ra, jahon bo‘ylab 175,2 million Tumblr bloglari20 va WordPress tarmog‘ida esa 76 610 933 ta21 bloglar mavjud. Tanqidchilar va boshqa bloggerlarga ko‘ra2223, bugungi kunda Blogger eng mashhur blog yuritish xizmati hisoblanadi, lekin mazkur xizmat o‘z statistika ma’lumotlarini oshkor etmaydi. Technorati blog xizmatida esa 2014-yil 10-mart holatiga ko‘ra, 1 343 398 ta blog ro‘yxatga olingan