Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=16144
Postga havola
Fozil [217] [off]
Siyosiy ta’siri
2002-yildan boshlab bloglarning muhimlilik darajasi ortdi. Hattoki, siyosiy inqirozlarni keltirib chiqaradigan darajada rivoj topdi. Blogerlar AQSh siyosatida bo‘layotgan har bir voqea haqida maqolalar yozishar, ularga o‘z fikrlarini bildirishardi. Bloglar OAVdan ko‘ra xolisroq, ishonchliroq ma’lumot bera boshladi, chunki blogerlar tashqi ta’sirlardan holi bo‘lib, o‘z ko‘rgan-bilganlarini ochiq-oydin yoza oladi.
Jurnalist Alan Volf “New YorkTimes” gazetasida chop etilgan siyosiy bloglar haqidagi maqolasida shunday fikr bildiradi: “Siyosiy bloglar tufayli xalqaro siyosat yanada globallashdi (ya’ni, bir mamlakat ichidagi voqealar butun jahon e’tiborini tortadigan darajaga yetdi) va internetlashdi. Buning ijobiy tomoni mazkur bloglar tufayli insonlar ko‘proq axborotga ega bo‘ladi va qiziqishi ortadi. Salbiy tomoni esa “virtualga ketish” hukumatga ta’sir etishning an’anaviy usullarining jozibadorligini kamaytiradi, masalan, protest namoyishi”.
Juda ko‘pchilik uchun bloglar – o‘z shaxsiy fikrini bayon etishning yagona xavfsiz va mumkin bo‘lgan vositasi. Senzura, ma’muriy bosim va “xo‘jalik sub’ektlari bahslari” mavjud bo‘lgan mamlakatlarda OAVga amalda hech vaqo qolmaydi, bunday holatda, ayniqsa, bloglar orqali odamlar rasmiy bo‘lmagan qarama-qarshi fikrlarini bemalol bildira olishadi. Qoidaga ko‘ra, bunday holatda barcha ommaviy siyosat maydonlari qisqaradi va asosiy siyosiy masalalar faqatgina norasmiy hal qilinadi. Faol fuqaro holati bilan shug‘ullanuvchi, tanqidiy fikrlovchi kishilar hukumat tomonidan qattiq nazorat qilinmaydigan sohalarda, jumladan, bloglarda o‘z fikrlarini bildirishiga olib keladi.
Tajribali siyosatshunoslar bloglardan quyidagi maqsadlarda foydalanishadi:
– Axborot berish;
– Tarafdorlarini izlash;
– O‘z fikrlarini targ‘ib qilish;
– Teskari targ‘ib qilish;
– Siyosiy raqiblarga qarshi kurashish.
Xillari Klinton, Angela Merkel, Segolen Ruayal va hatto Maxmud Axmadinajot kabi yirik siyosatchilar nomidan ham bloglar yuritiladi. Shuningdek, rossiyalik siyosatshunoslarning LiveJournal blog yuritish tizimida bloglari ko‘paygandan ko‘paymoqda: Nikita Belix, Garri Kasparov, Leonid Nevzlin, Valeriya Novodvorskaya, Sergey Mironov va Vitaliy Tretyakov.
Rasmiy OAV ning o‘ziga xos muqobili sifatida bloglarning axborot yetkazish vazifasi ham ortib bormoqda 27. Iroqdagi urushlar vaqtida amerikalik askarlarning bloglari paydo bo‘ldi, ularda urush harakatlari “teatri”da, aslida, nimalar bo‘layotganini yoritib borishar hamda ularning qarindoshlari va tanishlari tomonidan askar maktublari joylab borilar edi 28 29. Mazkur bloglar AQSh hukumati targ‘ibotiga kuchli zarba berdi. Iroqdagi urushlar haqida yozib borgan eng mashhur bloger piyoda askar Kolbi Bazzel bo‘lib, uning “Kolbi Bazzel urushni ***ga jo‘natadi” nomli blogi juda katta mashhurlikka erishdi 30. Bazzel yurtiga qaytgach, Esquire jurnali uni ishga taklif qildi, 2007-yilda esa u o‘zining “Mening urushim: Iroqda kechgan behuda vaqtim” nomli kitobi uchun mashhur “Lulu Blooker Prize” sovrini bilan taqdirlandi.
2003-yilda e’tiborga molik voqea yuz berdi: Buyuk Britaniyaning Guardian gazetasi o‘zining onlayn versiyasida o‘sha vaqtda AQSh mudofaa vazirining o‘rinbosari Pol Vulfovisning neft yetkazib berish xavfsizligini ta’minlash maqsadida AQSh Iroqqa bostirib kirganligini e’lon qilgan xabarini beruvchi maqolani chop qilgan edi. Mazkur iqtibos jahonning minglab OAVlari tomonidan nusxa ko‘chirildi. Lekin blogerlar bundan tezda xatolik topishdi. Natijada, Guardian gazetasi o‘z uzrini so‘rashga majbur bo‘ldi va o‘zining bosma nashrida bu haqda hech qanday ma’lumot bermaslikka majbur bo‘ldi 31.
Saylovlar vaqtida bloglar turli norasmiy so‘rovlar bo‘yicha ma’lumotlar almashish maydoniga aylanib bormoqda. Masalan, hali OAVda exit-polls (dastlabki ovoz berish) va boshqa so‘rovnomalar natijalari nashr qilish ta’qiqlangan bir vaqtda blogerlar bemalol o‘z ovozlari haqida ma’lumotlarni ulashishadi.
Rossiya hukumati ham “LiveJournal” blog yuritish tizimida salohiyatli blogerlardan o‘z faoliyatini yoritish maqsadida foydalanadi. 2010-yilda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Dmitriy Medvedovning davlat tashriflari va tadbirlarini “LiveJournal”da “drugoi” tahallusi ostida faoliyat yurituvchi bloger Rustem Adagamov bir necha marta yoritib bordi 32. 2011-yilda esa Rossiya Federatsiyasi hukumat raisi Vladimir Putinning tashriflariga “Zyalt” taxallusli blogger Ilya Varlamov qatnashgan