Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=22144
Postga havola
OLIMP [177] [off]
Dunyodagi birinchi bitkoin banki ochildi
Iqtisodiyot
Avstriya poytaxti Vena shahrida bitkoinlar bilan ishlovchi dunyodagi birinchi bank ochildi.
Bitkoinning o'zi nima?
Bitkoin – eng ommabop virtual valyuta bo'lib, ikki tomon o'rtasidagi elektron to'lov vositachilarsiz amalga oshiriladi. Shu bilan bir qatorda, komissiya yoki juda ham kichik, yoki umuman yo'q. Tizimdagi barcha tranzaksiyalar haqidagi ma`lumot yagona ochiq reyestrda qayd etib boriladi.
Elektron valyutalar tizimidagi amaliyotlarni kuzatish odatda juda qiyin bo'lib, bitkoinlarning tranzaksiyasi uchun hech qanday shaxsiy ma`lumotlar kerak bo'lmaydi.
Venadagi «Bitcoin-Bank» banki Bit Trust Services Berlin startap-kompaniyasi tomonidan ochildi. U yerda mijozlar kriptovalyuta haqida to'laqonli ma`lumot olishlari va tizimda ro'yxatdan o'tishlari mumkin. Virtual hamyon egalari esa o'z bitkoinlarini yevroga yoki aksincha ayirboshlash imkoniga egalar.
Avstriya – iqtisodiy tizimida bitkoinlar aylanishiga to'sqinlik qilmaydigan kam sonli davlatlardan biri bo'lib, u yerda taxminan uch yil muqaddam birinchi bitkoin-bankomat ochilgan. Vena shahrida qariyb 20 kompaniya va muassasalar bitkoinlarni to'lov uchun qabul qiladi