Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=22246
Postga havola
Arjey [154] [off]
O'zbekiston PayPal va AliPay’ga qo'shiladi. Bu O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi qarori bilan nazarda tutilgan.Hujjat bilan 2018-2019 yillarda AKTni tubdan takomillashtirish bo'yicha "yo'l xaritasi" tasdiqlandi.Undagi bandlardan biri sifatida “aloqasiz to'lov texnologiyalaridan, jumladan xalqaro to'lov tizimlarini (Visa, MasterCard, PayPal, AliPay va boshqalar) qo'llagan holda keng foydalanishni rivojlantirish va rag'batlantirish” ham ko'rsatilgan.Shuningdek aytilishicha, bu sohadagi normativ baza takomillashtiriladi. Tegishli chora-tadbirlar 2018 yilning 1 iyuniga qadar qabul qilinadi.Hozircha O'zbekiston PayPal’ga qo'shilmagan Markaziy Osiyodagi yagona davlat bo'lib turibdi, deb yozadi Spot.uz.