Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=23061
Postga havola
uzfor [1052] [off]
Ushbu maqolada web(veb) server haqida ma'lumot beriladi.
Hozirgi kunda internet, juda katta tezlikda rivojlanib ketmoqda. Shu bilan birga internetga oid har xil terminlar ko'paymoqda. Misol uchun, sayt, portal, veb sahifa, veb server,….Bu terminlarni o'rganish, hozirgi zamon uchun muhim hisoblanmoqda. Biror inson bilan internet haqida gaplashsangiz, bu terminlarni bilmasangiz, boshqa tildagi inson bilan gaplashganday bo'lasiz va uni tushunmaysiz. Bu maqolada shunday terminlardan biri – veb server haqida to'xtalib o'taman.
Biror bir internet saytga kirish uchun, brouzerga manzil yozsangiz, brouzer shu sayt joylashgan kompyuterga, saytdagi ma'lumotlarni ko'rsatish haqida so'rov jo'natadi, kompyuter oddiy temir bo'lgani uchun bu so'rovni tushunmaydi. Shuning uchun, ya'ni bu so'rovni tushunishi uchun, kompyuterga dastur o'rnatiladi. Mana shu dastur veb dastur deyiladi. Bu kompyuter esa, veb serverga aylanadi. Hozirda veb dastur deyilmasdan, umumiy holda veb server deyilmoqda.
Demak, veb server — foydalanuvchidan kelayotgan so'rovlarni qabul qilib, tegishli javobni jo'natadigan dasturdir. Foydalanuvchi sifatida veb brouzer(http, https protokoli orqali), mobil telefon(wap protokoli orqali), ba'zi dasturlar(antiviruslar) bo'lishi mumkin. Veb server orqali butun sayt boshqariladi, ya'ni sayt kataloglariga ruxsatlarni beradi, xavfsizlik jihatidan IP manzillarni blokka oladi, foydalanuvchilarni ro'yxatdan o'tkazish va boshqa ko'plab ishlarni amalga oshiradi.
Veb serverni siz o'z uyingizda yaratishingiz mumkin. Uning uchun bitta kompyuter ajratib, unga biror veb dastur o'rnatasiz va bu dasturni yaxshilab sozlashingiz kerak bo'ladi. So'ng o'z saytingizni shu serverga joylashtirasiz va biror domen sotib olasiz. Bundan kelib chiqadiki, saytingiz ishlashi uchun siz ajratgan kompyuter doim yoqilgan holatda bo'lishi kerak.
Veb serverni tushuntirish uchun bitta lirik chekinish, o'xshatish qilaman(qo'polroq bo'lishi mumkin. Tushuntirish uchun nimalar qilishmaydi-a). Biror saytni bitta somsa deb tasavvur qilamiz. Somsa ichidagi masalig'lar, saytning ichidagi ma'lumotlar(matn, rasm, video,..). Bu somsani biror bir inson pishirgan, demak pishirgan odam, veb dasturchidir(kimlardir somsa pishishiga yordam bergan bo'lishi mumkin, bular veb dizaynerlar, verstkachilar). Bu somsani sotish kerak, uning uchun joy topish kerak va ruxsat olish kerak. Bu o'xshatish domen va hostingga mos tushadi. Sotuvchi bo'lsa, veb serverdir, ya'ni sotishni boshqaradi(puli borlarga sotadi, hohlasa sotmasligi ham mumkin), hullas sotishni boshqaradi.
Veb serverga o'rnatiladigan veb dastur turlari ko'pdir. Eng zamonaviy va eng ommabop dastur bu – albatta "Apache"dir. Apache Software Foundation korxonasi tomonidan chiqarilgan. Quyida ba'zi bir veb serverlarni nomini keltirdim.
Apache – Apache Software Foundation.
IIS – Microsoft mahsuloti hisoblanadi. Server operatsion tizimlariga o'rnatilgan(Windows Server 2003, Windows Server 2008,..).
Nginx – ochiq veb server. Katta hajmdagi saytlar uchun.
Lighttpd – ochiq veb server.
Google Web Server – Google tomonidan ishlab chiqilgan veb server.
Resin
Cherokee – veb interfeys orqali boshqariladi.
Rootage – Java tilida yozilgan veb server.
THTTPD – oddiy, kichik hajmdagi, tez va xavfsiz veb server.
Manba: itportal