23 mart kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Senegal bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishidan xabaringiz bor.
23 martda Marokashning Kasablanka shahrida Senegal O'zbekiston bilan o'ynaydi.
Mazkur o'yinlarga Aliu Sisse barcha eng kuchli futbolchilarni chaqirgan. Ro'yxatda Angliya klublaridan 11, Franciya klublaridan 9 nafar futbolchi o'rin olgan. Senegal terma jamoasi yulduzi, Liverpul futbolchisi Sadio Mane ham ro'yxatda bor.
Senegal Terma Jamoasiga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati (+/-)
Darvozabonlar
Xadim NDiaye ("Xoroya", Gvineya)
Abdulaye Diallo ("Renn", Franciya)
Pape Seydu NDiaye ("ASK Diaraf", Senegal)
Alfred Gomis (SPAL, Italiya)
Marokashning O'zbekiston bilan o'yin uchun tarkibida "Real Madrid" futbolchisi bor
Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Evre Renar O'zbekiston bilan o'rtoqlik uchrashuvi uchun chaqirilgan futbolchilar nomini elon qildi.
27 martda kuni Marokashning Kasablanka shahrida O'zbekiston bilan bahs bo'lib o'tadi.
Mazkur o'yinlarga bosh murabbiy 24 nafar futbolchini chaqirgan. Ro'yxatdan "Real Madrid" klubi himoyachisi Ashraf Hakimi, "Yuventus" vakili Mehdi Benatia ham joy olgan. Bu haqda championat.asia sayti Afrika nashrlariga tayanib xabar berdi.
Marokash Terma Jamoasiga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati (+/-)
Darvozabonlar:
Yassin Bunu ("Jirona", Ispaniya)
Munir Muhammadi ("Numansiya", Ispaniya)
Ahmad Rizo Tagnauti ("Ittihod de Tanger", Marokash)
Himoyachilar:
Ashraf Hakimi ("Real Madrid", Ispaniya)
Javad Al Yamiq ("Jenoa", Italiya)
Badr Banun ("Raja Kasablanka", Marokash)
Mehdi Benatia ("Yuventus", Italiya)
Romain Saiss ("Vulverxempton", Angliya)
Nabil Dirar ("Fenerbaxche", Turkiya)