TPS kompaniyasi («texnoprosistem» MCHJ) 1999 – yilda Internet – provayder sifatida O‘zbekiston telekommunikatsiya xizmatlari bozorida o‘sib borayotgan talabni qondirish maqsadida tashkil etilgan. Innovatsion yondashuv, yangi texnologiyalarning joriy etilishi, nozik marketing siyosati kompaniyani O‘zbekistoning ma’lumot uzatish bo‘yicha ilg‘or tarmoq operatorlaridan biriga aylanishiga imkon yaratdi. Bugungi kunda TPS O‘zbekistonning eng mashhur Internet – provayderlari safiga kiradi.