O'yinning 3-daqiqasida Eldor SHomurodov o'ng qanotdan darvoza tomon zarba berdi, to'pni darvozabon egallab oldi.
14-daqiqada SHomurodov raqib jarima maydoniga yorib kirib zarba berishga urindi, to'pni himoyachilar qaytarishdi.
20-daqiqada Sardor Mirzaev penalti ishladi. 11 metrli jarima to'pini Otabek SHukurov aniq amalga oshirdi - 0:1.
27-daqiqada Senegalning o'ta xavfli hujumi himoyachilarimiz tomonidan qaytarildi.
Birinchi taymda bitta gol urildi, O'zbekiston oldinda.
55-daqiqada Mussa Konate yaqin masofadan zarba berdi, noaniq.
63-daqiqada Mussa Konate baoibir niyatiga etib hisobni tenglashtirdi - 1:1.
Uchrashuvning 84-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Marat Bikmaev raqib jarima maydoniga kirib borib zarba berdi, to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi.