Hammaga salom
Forumimizda yangi podforum tashkil qilishni rejalashtirdik bunda sizlarning yordamingiz juda zarur.
Yangi podforum vazifasi qisqacha qilib aytganda, foydalanuvchilar o'z mutaxassisligi bo'yicha o'zlari mavzu ochib barcha yo'l-yo'riqlar va savollarga javoblar berib borishi kerak.
Masalan Siz "Avto Elektrik", "Novvoy", "Yurist", "Shifokor", "Telefon ustasi" vayoki boshqa bir sohaning mutaxassisi bo'lsangiz shu masala bo'yicha o'zingiz mavzu kuratori bo'lib yoki jamoa bo'lib mavzudagi muammolarga yechim javoblarini berib borsangiz, va biz bu mutaxassislik kategoriyasi bo'yicha mukofotlar tashkil qilsak.
Bir-birimizga shu tariqa yordam bersak o'rtada oqibat yanada gullab yashnagan bo'lardi.
Yangi podforumimiz nomi uchun tahminiy taklif: Onlayn mutaxassis
Podforum uchun Sizda boshqacha taklif va qo'shimchalar bo'lsa bemalol yozib qoldiring. Rahmat.