Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=27215
Postga havola
MILAN [67] [off]
Bek_Uzbekistan, Do'stim, bandani fikri haromni halol qilib bermaydi. Qur'oniy dalillar bilan haromligi keltirib o'tildi mavzu boshida, o'yinga qatnashish uchun harakat qilganga o'xshiysiz ularni yonini olishizdan. Ularni o'zi ham g'irrom aralashtirayotganini o'yinlarini ko'rseiz bilib olishiz mumkin, ular nima narsa qayerda joylashganini oldindan bilishiga 100% aminman (buni mashina yutilgan o'yinni qaytadan sinchiklab ko'rib chiqsela bilib olishila mumkin) Bu o'yinni tekinga tashkil qilinmagani aniq, o'sha arzimagan 5000 so'mdan 10 000 ta odam to'lasa, o'yinni rasxodlari chiqib + foyda ham bor, 30 mlndan ko'proq bo'lgan O'zbekiston aholisidan 10 000tagina ko'ngilli chiqishi aniq. Harajatlarni qatnashishni xohlovchilarni o'zi to'ldirib qo'yishi ko'rinib turipti, umuman akfachilar shu paytgacha hech qachon zararga biror ish qilmagan, qaysidir dilleri hattoki rejadan kam ishlasa chora ko'radigan firma shunaqa pulni bo'lmag'ur o'yinga sarflab yuboradi dib o'ylisizmi ? Albatta, 5000 so'm arzimagan pul, lekin shuni arzimaganku dib bir necha ming kishi to'liydi buyoda akfa foydada, qatnasholmagan odam puliga achinmidi chunki arzimagan pulde bir kishi uchun, Islomda "Halol ochiq oydin, harom ochiq oydin va buni orasida shubhali narsalar ham bor, ular ham harom" dib etilgan, mayli agar harommas divotgan bo'seiz unda bu shubhali diymiza, lekin muqaddas dinimizda shubhali narsalar ham harom dib etilgan. Biz sizga dindagi gapni yetqazdik, bo'ynimizdan qarzimizni soqit qildik, uni qabul qilish qilmaslik o'zingizga havola, Alloh hammamizni to'g'ri yo'ldan adashtirmasin