Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=29195
Postga havola
Arjey [154] [off]
Diqqat! Bizda Online savdolarda uzgarishlar bulishi kutilmoqda!!! Bojxona qo'mitasi chet eldan shaxsiy foydalanish uchun boj olinmaydigan xaridlarni har chorak uchun 1000 dollar va 30 kilogramm bilan cheklab qo'yishni taklif qilmoqda.Bu prezidentning «O'zbekiston Respublikasi hududiga xalqaro pochta va kurerlik jo'natmalari jismoniy shaxslar manziliga kelayotgan tovarlarni nazorat va hisobga olishni nazorat qilish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori loyihasi bilan nazarda tutilgan. Qo'mita quyidagilarni o'rnatishni taklif qilmoqda:• bir kishi shaxsiy foydalanish uchun har kvartalda qiymati 1000 AQSh dollari va og'irligi 30 kilogrammgacha bo'lgan tovarlarni boj to'lamasdan olishi mumkin;• 1000 dollardan oshsa, oshgan summaning 30 foizi miqdorida, 30 kilogrammdan oshganda ortiqcha har bir kilogramm uchun 5 dollar miqdorida soliq to'lanadi; • qiymat va og'irlik normalaridan oshganda, har ikki punkt bo'yicha to'lov to'lanadi;Shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun mo'ljallanmagan tovarlarni olib kirishda cheklov normasi qo'llanilmaydi va bojxona to'lovlari belgilangan tartibda undiriladi.Hujjatda pochta aloqasi operatorlari yoki posilkalar oluvchilariga oluvchilar va posilkalar to'g'risida dastlabki elektron ma`lumotni taqdim etish majburiyatini yuklash taklif etilmoqda. Manba:kun.uz