Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=30221
Postga havola
Benyamin [826] [off]
"Million" qoq ikkiga bo‘lindi. Davron Kabulov bu
haqida nima deydi?Davron Kabulov boshchiligidagi "Million"ning yangi jamoasi yangi konsert dasturi kunlarini ma’lum qildi. Jamoa joriy yilning 30-31 mart, 1-5 aprel kunlari "Istiqlol" san’at saroyida navbatdagi konsertini taqdim etadi. Konsert afishasida jamoa a’zolari Otabek Mirzaxolov, Umid Umarov, Shahlo Zoirova hamda
Ahmad Temurovning suratlari yo‘q. Bu esa ular konsertda ishtirok etmasligiga ishora. Davron Kabulov esa ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali buni izohlarkan, nomlari qayd etilgan to‘rt kishi jamoani tirikchilik vaji bilan tark etganiga to‘xtaladi. "Oldindan aytaman, mazkur konsertda jamoamizning siz ko‘rib o‘rgangan tarkibini ko‘rmaysiz. Turli sabablarga ko‘ra, Umid Umarov, Otabek Mirzaxolov, Shahlo Zoirova va Ahmad Temurov jamoani tark etishdi. Ular xaqida yaxshi yoki yomon fikr bildirmayman. Hammaning o‘ziga insof bersin. Asosiysi, jamoaning Mirkomil va Alisher kabi ustunlari, tirikchilik bahona vijdoniga qo‘shib do‘stini sotib yubormaydigan Umidlar hamon "Million"ni yanada rivojlantirish yulida izlanishmokda.
Tabiiyki, "Million" bir aktyorning jamoasi emas va tarkibda yangi, bir vaqtning o‘zida sizga juda tanish nomlarga guvoh bo‘lasiz. Tushunib turganingizdek, konsertgacha hamma kartalarni ochmaymiz - syurpriz bo‘la kolsin. Savol tug‘ilishi mumkin: yangilangan "Million" kanday ko‘rinishda bo‘ladi? Avvalgisi kabi qiziqarli bo‘la oladimi? Xudo xohlasa, ko‘p vaqt o‘tmay oldingisidan kuchli bo‘ladi. Alloh yuz o‘girmasa, muxlislar teskari qaramasa bas. O‘z vaqtida jamoani mustaqil qilib olib chiqishda qarshiliklar, qiyinchiliklar, tahdidlar, do‘q- po‘pisalar ko‘p bo‘lgan. Yaxshilab eslab ko‘ring, vaqtida "ustoz" san’atkorlardan tortib, "buyurtmachi" jurnalistlarning tanqid toshlariga ham nishon bo‘ldik. 30 yoshga chiqmay 2,5 yillik "zapret"ni ko‘rishgayam ulgurdik, tuxmatchi xonandayam tashlanib ko‘rdi, hatto, bir masjid imomi o‘g‘ri-yu kazzob chetda qolib "Million"ni qoraladi. Sinmaslikka harakat qila-qila, sinovlar jamoasiga aylanib qoldik. Inshaalloh, bunisidan ham yorug‘ yuz bilan o‘tamiz. Asosiysi, o‘g‘rilik qilmayapmiz, aroq ichib, nasha chekib "bugunim o‘tsa bo‘ldi" qabilida yashamayapmiz. Odamlarning ko‘nglini olish, xalqning kayfiyatini ko‘tarish maqsadi bilan mehnat qilayapmiz. Yana ota-onamizning duosini olish harakatidamiz. Bundaylarning o‘tda yonmasligi-yu, suvda cho‘kmasligidan bashorat bor...", deb yozadi Davron Kabulov.