Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=34061
Postga havola
Brigand [190] [off]
Yana bir bora salom döstlar! Bu yana men Brigandman. Men 2-darsni bugunning özidayoq taqdim qilmoqchiman! Hösh tayyormisiz? Bu bir kun davomida ikkinchi dars bölgani uchun osonroq qilishga harakat qilaman. Bu mavzu artikllar haqida. Demak ingliz tilida 2 xil artikl bor. Bular aniq va noaniq artikllardir. Aniq artikl tarkibiga "the kiradi. Noaniq artikllarga "a" va "an" lar kiradi. Bular otlar oldidan ishlatilib narsa bitta bölgan holatda ishlatiladi. Masalan: This is a book. [bu kitob]; This is an umbrella. [bu soyabon]. Hösh endi yaxshilab öylab köringch nega birinchi gapda "a", ikkinchi gapda "an" ni qöydim? Chunki "a" "an" qöyilishi undan keyin keluvchi sözning birinchi harfiga bog'liq. Agar noaniq artikl keyin keluvchi ot undosh harf bilan boshlansa "a", agar unli harf bilan boshlansa "an" qöyiladi. Endi esa biroz ingliz alifbosiga töxtalsam. Ingliz alifbosida 26 ta harf bölib ularning 20 tasi undosh 6 tasi esa unli hisoblanadi. Unli harflar: a, e, i, o, u va y harflaridir. Qolgan 20 ta harf esa undoshlar qatoriga kiradi. Va shu bilan 2-dars ham öz nihoyasiga yetdi. Siz ushbu dars tushunarli böldimi? Men darslarni yaxshi tushuntirayapmanmi? Javoblaringizni kutaman. Ushbu maqola @Brigand tomonidan forumdoshlar uchun maxsus yozib chiqildi. Agar ushbu dars sizga yoqgan bölsa [ ] ga kalla qöyib yuborarsizlar ! Hozircha esa xayr.