Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=34107
Postga havola
Ali AVFO Xujandiy [364] [off]
Kanalingiz doim aktiv foydalanuvchilardan iborat bo’lishini hohlaysizmi ? Unda kanalni “o’lik” va “eksponat” foydalanuvchilardan tozalab turing.
“Eksponat” akkauntlar: bir necha oy davomida telegram ishlatmaydigan foydalanuvchilar kiradi. Hozirgi vaqtda: Telegram sabab ovqatlari kuyib ketgan ayollaru, “Erga tegib ketgan” bokiralar kiradi.
“O`lik” akkauntlar : Telegramni tag – tugi bilan o`chirib tashlagan foydalanuvchilar kiradi. Masalan: Ovqat kuyish chastotasi ko`payib ketganidan, erining shapaloq impulsidan bahra olgan ayollar.
Kanalni tozalash
Kanalni keraksiz postlar bilan to`ldirib misoli “axlatxona” ko’rinishiga keltirib qo’ygan bandalar uchun – avvalo kanaldagi postlarni tartiblashni maslahat bergan bo’lar edim.
Kanalni passiv foydalanuvchilardan tozalashga kelsak, bizga @crosser_bot yordamga keladi.
Bu nega kerak?
Hozirda ,O`zbekistonda ochilayotgan yangi kanallarning ko`p qismi nakrutka orqali obunachilarni to`ldirishmoqda. Nakrutka orqali kanallarni asosan “passiv foydalanuvchilar” va “botlar” yordamida to’ldirishadi.
Eslatma uchun: Nakrutka qilingan kanaldan reklama sotib olish — dimlamani puliga gumma yeyish degani.
Crosser_bot nafaqat tozalash ishlarini olib boradi, balki kanal auditoriyasi qanchalik “jonli” ekanligini ko’rsatadi.
Jonli deganda nimani tushunish kerak ?
Deylik, kanalingizda 1000 ta odam bor. Lekin postlaringiz o`rtacha 300 tadan ko`p ko`rilmayapti. Bu – kanalingizda taxminan 750 balki , undan ko`p odam passiv, ya`ni o`lik degani. (Hozir matematika qirollari menga 1000-300 = 700 bo`ladi, 750 qayoqdan keldi deb baqirib qolishadi. Men esa: Kanalga doimiy obunachilardan tashqari, kunlik tashrif buyuruvchilar ham bo`ladi, 50 ta ularni hisobi deyman. Ular yana jim o`tirishda davom etadilar.)
Ular kanal uchun “soxta obro`”, “fonogramma”, “kserokopiya qilingan pul” dan boshqasi emas. Aqlli odam sizning kanalingizdan hech qachon reklama sotib olmaydi.
Demak, passiv foydalanuvchilarni tozalash – kanalingiz obrosini tushirish o`rniga ko`tarar ekan. Ya`ni: “Qozonda bori cho`michga chiqadi” degani akalar.
Crosser_Bot dan foydalanish
1. Avvalo, @crosser_bot ga ulaning va Start tugmachasini bosing
2. Kanalingiz haqida barcha haqiqatni bilmoqchi bo`lsangiz Аудитория tugmachasiga bosing.
Shu joyda, kichik pauza olib, bir narsani eslatib o`tishim kerak : Crosserbot sizga ma`lumotlarni ko`rsatishi uchun uni kanalingiz administratori qilib tayinlashingiz va Yangi adminlar qo`shish huquqi ni berishingiz kerak. Havotir olmang, u kanalingizga ziyon keltirmaydi
3. Crosser_bot ni kanal administratori qilib, kerakli huquq bilan ta`minlagandan so`ng Crosserbot ga kanalingiz manzilini yuboring. Masalan: @dardkashlarim
4. Bir oz kutgandan so`ng, u sizga barcha statistik ma`lumotlarni ko`rsatadi.
Statistika posti tagida «Посмотреть неактивных» tugmachasiga bosing
Bot sizga O`chib ketgan va Aktiv bo`lmagan foydalanuvchilar haqidaga ma`lumotlarni ko`rsatadi.
Ta`bingizga qarab o`zingiz hohlagan tugmani bosing va ularni kanaldan o`chirib tashlang.(Men o`chib ketgan akkauntlardan tozalamoqchiman)
So`nggi harakat : Потвердить удаление tugmachasiga bosish bilan tugallanadi.
Yeb qo`ymay desangiz
Hozir telegram olamida chala adminlar ko`paygan payt. Kanal statistikalari nakrutka qilingan, kontent o`g`irlangan va taxminim bo`yicha miyyasining chap yarim sharlari yaxshi ishlamaydi.
Bir ko`z bilan qaraganda, kanal foydalanuvchilari ko`p, postlar doimiy ravishda qo`shiladi va siz bu kanal aktivligiga ishonib reklama sotib olmoqchi bo`lasiz. STOP!
Kanaldan reklama sotib olishdan avval uning foydalanuvchilari va postlarning o`rtacha necha martta ko`rilganini yaxshilab qarang.
Agar post auditoriyasi 5000 kishini tashkil qilsayu, postlar o`rtacha 3500-4500 atrofida ko`rilgan bo`lsa bu yaxshi kanal. Agar post maksimal – 2000 martta ko`rilgan bo`lsa, ahvol chatoq. Bu kanal nakrutka ning hisobiga kun kechirayapti. U yerdan reklama sotib olsa bo`ladi, faqat juda arzon narxga. Yoki, umuman sotib olmagan yaxshi.
Siz tekshirayotgan kanalning 1-2 kun oldingi postlarini necha martta ko`rilganiga e`tibor bering. Nisbatan aniq ko`rsatkichni – 1-2 kun oldini postlar ko`rsatadi
Ushbu maqola kerakli deb hisoblasangiz Rahmat yoki [+] bosmang, shunchaki Zakladkangizga qo‘shib qo‘ying, kerak paytda izlab yurmaysiz
Manba: webology.uz, uzfor.uz