Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=34794
Postga havola
Cyclone [171] [off]
Ha, yana o'sha gap... Chet elliklar quyoshga chiqish yo'llarini izlayotgan bir paytda biz 10 tonnalik osh pishirish yoki bo'lmasa kichkinagina forumda ma'muriyat safini kamaytirish ustida bosh qotiryapmiz... Ensangizni qotirmoqchi emasman, tan olaman bu fikr mendan chiqqan. Aslida buncha qayg'urishim shart emasku-ya lekin juda ko'plab nohaqliklarni ko'rdim bu saytda, saytda jaa aktiv emasman, kam kam kiraman. Shunday bo'lsada bazi moderatorlarning kerak bo'lmagan joyda aql berishiyu mansabidan foydalanib shunchaki yuzerlarni "mute" qilib qo'yishi asabimni buzadi. Ovozga berish yashirin bo'lsin degandim, lekin hozir uni yap-yalang'och qilmoqchiman. Hozirgi gaplarimni o'qib moderatorlar menda shaxsiy adovati bor deb o'ylaydimi bilmadim lekin moderatorlar ro'yhatidan faqat va faqat Benyaminni munosib deb o'ylayman, qizig'i u do'stimiz kim ekanligini bilmayman ham lekin kuzataman, juda ko'p. Qayerda hazil qilish, qayerda aql berish va qayerda shunchaki jim kuzatish kerakligini biladi. Ishlarimdan bo'shab bu saytga kirganimda menda boshqacha hayollar bor edi, ingliz tilini 0 dan o'rgatish uchun darslik yozmoqchi edim aynan UZFOR.UZ foydalanuvchilari uchun, lekin mavzularni foydalanuvchilar saviyasini ko'ramanda "nima qilmoqchiman o'zi" deb o'ylanib qolaman... Bu narsalarni albatta vaqt davolaydi. Forumdagi yoshlar bir kuni voyaga yetib ancha narsani o'rganib olishadi, lekin ularni o'rniga boshqalari kelishi odamni kulgusini ko'taradi. Balki forumda fikr bildirish uchun ham qanaqadir psixologik testdan o'tadigan qilish kerakdir? Shunda forumdagi foydalanuvchilarning ancha munchasi keraksiz fikrlarini bildira olishmas edimi?! Ingliz forumlaridan juda ko'p foydalanaman, haqiqatdan qiziq. Biror narsa o'rgatilingan bo'lsa qolib ketgan joylarini so'rashadi, bizda esa o'rgatilingan narsani orasidan 2-3 xil savol topib berishadi. Balki mavzu boshqa tomonga ketdi dersiz, yo'q, aslini aytay, men moderator kerak emas demoqchimasman, bunaqa foydalanuvchilari bo'lgan forum kerak emas deyishga harakat qilayapman... Yoqmasa sur deyishga shoshilmang. Shundog'am yoqmasa sur sur sur deb ancha muncha saytni ko'rdik, qani qaysi biring istamaysan ziyoga to'la forum bo'lishini? Shundoq qidiruvga o'zingga kerak narsani yozsang javoblar chiqishini, muammoyingni yozsang yechimlar chiqishini(barcha barcha savolga, xoh u mol boqish bo'yicha bo'lsin, xoh tish qoqish). Universal forum kerak albatta, faqat bir yo'nalishda ketadigan payt hali kelmadi, ishoning kelmadi!
Xullas, bundan buyog'iga nima qilamiz? Mana bu prikolchi moderatorlarni olib turamiz, Benyaminni, WapUstani, MrShahzodbekni qoldirib turamiz. Keyin yangi bir saviyali moderatorni faqat o'sha uchovlon saylaydi, keyin to'rtovlon yana bir moderator va hokazo. Saytga 10ga yaqin moderator kerak! Faqat moderatorni joriy moderatorlar saylasin iltimos, bu foydalanuvchilarni ovozini umuman inobatga olmang! Tamom! Nomaqbul bo'lgan, befarosatlarcha yozilgan har qanday xabar o'chirilishi kerak. Shunda forum saviyaliroq bo'ladi. Yana bir savolim bor edi, ReSun forumda nega haligacha moderator emas? Ko'pchilik tanisa kerak bu odamni, har bir yozgan xabarini hurmat qilaman, so'kib yozganlarigacha O'zlari saytga kam kiraman deyishlari mumkin, lekin har holda kirgan paytlarida ozgina yordam berib keta oladigan inson. Demak, 4 nafar moderator tayyor. Men shu to'rtovlon keyingi moderatorlarni oqilona, saviyalisidan tayinlashiga ishonaman albatta. Omad!
Bu xabarim bilan nafaqat moderatorlar, balki oddiy foydalanuvchilarga ham yomon ko'ringan bo'lishim mumkin, menga farqi yo'q, o'zimni yaxshi deb bilmayman.