reset()
Bu operatorimiz, qandaydir masiv (o'zgarmaslarni) ichidagi ko'rsatgichni (kursor , cursor) masiv elementlarining eng birinchisiga olib borib qo'yadi, va birinchi element qiymatini qaytaradi.
Misol:
each()
Each() operatori har gal ishlatilganda ikki ish qiladi, yani kursor turgan o'zgavchanni qaytaradi, va kursorni keyin masiv elementiga o'tkazadi. Va belgilangan o'zgarivchanga ikkita son yuboradi, yani Misolga qarang:
shunda oynangizga "0 parsley 1 sage" yozuvi chiqadi, bu degani, avalambor birinchi elementni o'qib unga tegishli bo'lgan kalit va ma'lumotni a_spice'ga yozadi yani a_spice[0]'da kaliti, a_spice[1]'da esa uni qiymati yoziladi. Keyin esa ikkinchi element o'qilib (sage) u ham a_spice'ga yoziladi.
end()
Kursorni masivning eng oxiriga olib borib qo'yadi.
end(array masiv);
next()
Hudi each() operatori kabidir faqatgina farqi kursorni bitta oldinga surgandan keyin, yangi turgan yeridagi elementni qaytaradi.
prev()
Next()'ning tamoman teskarisi.
array_walk()
Juda ham qulay operator, ya`ni kim qiladigan ishi, qandaydir funktsiyaga, qandaydir o'zgarmaslarni yuborishi mumkindir. Keling bir masiv'da qaytarilib kelgan o'zgarmaslar bo'lsa ularni o`chirib tashlashini qiluvchi funktsiya, yoki bir kod yozaylik.