Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=36807
Postga havola
Benyamin [826] [off]
GoldBerg, Internetda tarqatilgan ma’lumotlarga ko‘ra What’sApp messenjeri orqali tarqalayotgan MOMO o‘yini bir necha mamlakatlarni qamrab olgan. Meksikaning Tabasko shtati Bosh prokuraturasi bu haqda ogohlantirish bilan murojaat qilgan.
Argentinaning Buenos-Ayres shahrida 12 yoshli qizaloq o‘z joniga qasd qilgandan keyin ushbu o‘yinning inson ruhiyatiga salbiy ta’siri haqida jiddiy gapirila boshlandi. Ushbu holat bo‘yicha surishtiruv olib borayotgan politsiya xodimlari o‘smirning telefonida Momo o‘yini borligini aniqlashgan.
Xorijiy saytlarning yozishicha, o‘yin yaratuvchilari o‘z mijozlarini avval ijtimoiy tarmoqlar va forumlardan izlab topadi. Shundan so‘ng, o‘smirlarga qo‘rqinchli fotosuratlar va zo‘rlash sahnalari bo‘lgan videotasvirlar yuboradilar va sekin-asta turli buyruqlarni bajarishni talab qila boshlaydilar, mijozga oid turli ma’lumotlarni yuborishni so‘raydilar. Agar mijoz rad etadigan bo‘lsa, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘rqitish yo‘liga o‘tadilar.
Xo‘sh, Momo aslida kim? Ma’lum bo‘lishicha o‘yin asoschilari yapon rassomi Midori Xayasining skulpturalaridan foydalanadilar. Lekin rasmdagi qiyofaning aslida o‘yinga aloqasi yo‘q.