Aziz do'stlar va hurmatli forumdoshlar. Bu so'zlarim kimgadir qiziq yoki kimgadir qiziq emasdir. Bugun sizlarga o'zimdan o'zganing xabari yo'q bitta sirni ochishni o'z oldimga maqsad qilib qo'ydim.
Sezgan bo'lsangiz php ga o'tib ochgan ilk saytim shu kutubxona.ru !
Men avvaldan niyat qilganimdek kutubxona sayt ochishga qaror qildim. Keyin ishga kirishdim. Do'stlar va forumdoshlar ko'magiga tayanib ushbu saytimni yaratdim. Juda erta ochibsan deyishingiz mumkin. Agar shu saytni ochmaganimda PHP ning P harfi yoniga yo'lamasdim. Bu aniq! Fursatdan foydalangan holda ushbu saytga beminnat yordam berganlarga rahmat aytaman!
Gapni asosiy joyiga kelsak script haqida ozgina so'zlab bersam.
Bu script asli "M-files001" ya'ni Okfan.ru scripti. Lekin bu hech kimni hayoliga kelmadi deb o'ylayman! Garchi bu scriptda muallifning haqqi qolmagan bo'lsada unga katta rahmat aytaman.
Hullas shunaqa gaplar. Bu haqida fikringizni keyingi postlarda kutib qolaman.