Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=41817
Postga havola
Enrique [637] [off]
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshida tuzilgan Ishchi guruh alifbodagi o‘zgarishlar borasida ma'lumot berdi. Bu ma'lumotlar O‘zAda e'lon qilingan.
Rasman 2018 yil 15 mayda tasdiqlangan «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini keng joriy etish va yanada takomillashtirish bo‘yicha Harakatlar rejasiga muvofiq shu yil oxiriga qadar milliy alifbomizning isloh qilingan yangi loyihasini ishlab chiqib, tasdiqdan o‘tkazish lozim. Shu maqsadda 2018 yil 22 oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini keng joriy etish va takomillashtirish muammolari» deb nomlangan ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilgan, konferensiya ishtirokchilari milliy alifbomizni isloh qilish bo‘yicha aniq takliflarni ilgari surishgandi.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshida tuzilgan Ishchi guruh a'zolari ikki yil mobaynida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini isloh qilish bo‘yicha izchil ish olib borishgan.
Ishchi guruh a'zolari hamyurtlarimiz tomonidan bildirilgan fikrlarni o‘rganib chiqib va ilmiy mantiqqa suyangan holda eng maqbul qarorga kelishga harakat qilishgan.
Xulosa sifatida, umumiy mehnat mahsuli bo‘lgan — 28ta harf, bitta harfiy birikma va bitta belgidan iborat, jami 30 birlikdan tashkil topgan alifbo loyihasi havola qilingan.
Asosiy o‘zgarishlar — «Shsh» va «Chch» mos ravishda «Şş» va «Çç» belgilariga almashtirilgan, «O‘o‘» va «G‘g‘» harflari «Ŏŏ» va «Ğğ» ko‘rinishini olgan. Tutuq belgisi hamda Ng ng harfi saqlab qolingan — muhokamalardan keyin bu harf o‘rniga «n̅» belgisini joriy etish loyihasi qabul qilinmagan.
O‘z navbatida J’ni C’ga almashtirish bo‘yicha takliflar ham qabul qilinmagan — J bitta bo‘ladi.
22 oktabr kuni o‘tkazilgan konferensiyada «Ch, ch» harf birikmasi o‘rniga «Ç, ç» joriy etilishi munosabati bilan alifboga «S» harfini joriy etish ham taklif etilgan va bu harfdan «Jon», «jo‘ja» so‘zidagi «J» harfi o‘rnida foydalanish mo‘ljallangandi. Shuningdek, lotincha alifbodagi «J, j» harfini ham qoldirib, undan «jurnal», «jirafa» kabi so‘zlardagi sirg‘aluvchi «J» o‘rnida foydalanish taklif etilgandi: jurnal, jirafa.
«Ushbu alifbodagi yangilanayotgan to‘rt harf bizni shu paytgacha qiynab kelayotgan muammolardan xalos etadi. Ŏŏ Ğğ harflari O‘o‘ G‘g‘ harflarining ayni paytdagi yozma shakliga yaqin bo‘lgani bois va Çç Şş harflari xalqimizga yaxshi tanish bo‘lgani uchun yoshu qari tomonidan tez o‘zlashadi — hech kimga qiyinchilik, noqulaylik tug‘dirmaydi.
Alifbo loyihasi rasman qabul qilingandan so‘ng bu harflar kompyuter klaviaturasidagi qulay tugmalarga joylashtiriladi. Masalan, Çç harfini o‘zbek tilida ishlatilmaydigan — Ss harfi o‘rniga, Şş harfini — Ww harfi tugmachasiga, Ŏŏ va Ğğ harflarini esa birorta lotin harfi yo tinish belgisi band qilmagan, kirillcha X, ' harflari turgan tugmachalarga biriktirish mumkin.
Alifboni amaliyotga joriy etish bilan bog‘liq boshqa barcha masalalar hukumatimiz tomonidan rasman tasdiqlangan hujjat — «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini keng joriy etish va yanada takomillashtirish bo‘yicha Harakatlar rejasi»ga muvofiq izchil ravishda amalga oshiriladi», deyiladi ma'lumotnomada.
Bu loyiha rasman kuchga kirishi uchun avval qonuniy tartibda ko‘rib chiqiladi, OAV orqali keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilinadi.