Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=4251
Postga havola
ZavqliRap [198] [ban]
TUIT- TATU haqida Umumiy ma’lumot: TATU - qisqacha tarixi
1955 yil - Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (TEAI)
1960 yil- elektroaloqa muhandislari birinchi avlodi tayyorlandi
1978 yil- Frunze (hozirda Bishkek), Dushanbe, Olma-Ota va Farg`ona shaharlarida TEAI sirtqi fakulьtetining tayanch punktlari tashkil etildi.
1993 yil- TEAI instituti qoshida aloqa zobitlarini tayyorlash uchun maxsus fakulьtet tashkil etildi
1994 yil- Markaziy Osiyo respublikalari hamda Mo`g`iliston, Pokiston va Hindiston aloqa tarmoqlari injener-texnik xodimlari malakasini oshirish uchun institut qoshida Markaziy Osiyo telekommunikatsiya o`quv markazi (SAUTST) tashkil etildi
1997 yil- institut qoshida litsey-internat faoliyat yurita boshladi
1999 yil- institut qoshida akademik litsey faoliyat yurita boshladi
2002 yil- O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan TEAI Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) deb atala boshlandi
2005 yil- Qarshi, Nukus, Samarqand, Urganch va Farg`ona shaharlarida TATU mintaqaviy filiallari tashkil etildi
TATU - BUGUN
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori :Karimov Madjit Malikovich
Fakultetlar
*. Axborot texnologiyalari fakulteti
*. Telekommunikatsiya fakulteti
*. Radiotexnika, radioaloqa va teleradioeshittirish fakulteti
*. Televizion texnologiyalar fakulteti
*. Iqtisod va boshqaruv fakulteti
*. Kasb talimi fakulteti
*. Maxsus fakultet
Bugun TATU telekommunikatsiya va axborot tizimlari sohasida Markaziy Osiyoda yetakchi o`quv muassasasi hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyunda qabul qilingan "Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to`g`risida"gi Qaroriga binoan TATU axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash bo`yicha tayanch oliy o`quv muassasasi hisoblanadi. Ta'lim bosqichlari: o`rta ta'lim (2 litsey), bakalavriat (25 yo`nalish), magistratura (24 mutaxassislik), aspirantura va doktoranturadan iborat.
Professor-o`qituvchilar tarkibi 400 ga yaqin bo`lib, ular: 4 nafar akademik, 21 professor, 24 fan doktorlari, 87 nafar fan nomzodlari va dotsentlardan iborat. 8500 dan ortiq talabalar universitetda va filiallarida ta'lim oladilar. Universitetda 28 kafedra va 37 o`quv laboratoriyalari, 10 tadqiqotchilik laboratoriyalari va shaxsiy tarmog`i bilan kompyuter markazlari, zamonaviy (1800 dan ortiq) kompyuterlar hamda multimediali sinflar (20 dan ortiq), 400 mingdan ortiq kitoblar bilan axborot-resurs markazi (kutubxona) mavjud. So`nggi 10 yil davomida universitet tubdan o`zgardi. Universitet binosi, auditoriyalar va kabinetlar, talabalar uyi binosi kapital ta'mirlandi, yangi zamonaviy o`quv binosi, 700 o`rinli oshxona, 400 o`rinli sport majmuasi qurildi. Shu bilan birga, O`zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida O`zbekiston bozorlarida ishlovchi qator kompaniyalar hamda korxonalar tomonidan katta homiylik yordami ko`rsatildi.