Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=46226
Postga havola
r00t [402] [off]
Telegram messenjerini ishlab chiqqan Pavel Durov Telegram Messenger LLP kompaniyasini tugatishga qaror qildi. Dasturchi bu qarorni Telegram messenjeri Roskomnadzorning internetda ma'lumot tarqatishni tashkillashtiruvchilar ro‘yxatiga kiritilgandan keyin qabul qilgan.
Bu ro‘yxatga kiruvchilar Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga foydalanuvchilar yozishmalarini deshifrovkalash kalitlarini taqdim qilishlari shart. Bundan tashqari, foydalanuvchilarning barcha ma'lumotlari Rossiyada saqlanishi lozim.
Shu sababli Durov Buyuk Britaniya yuridik shaxslari davlat ro‘yxatiga kompaniyasini tugatish iltimosi bilan murojaat qilgan. Durov ushbu arizani 2018 yil 19 dekabrda topshirgan. Bu qaror Telegram’ning bloklanishiga ta'sir qilmaydi.
Mutaxassislarning fikricha, kompaniyaning tugatilishi Durov biznesi strukturasining o‘zgartirilishi mumkinligi bilan bog‘langan.
Kompaniya 2014 yil fevralda tashkil etilgan. Telegram messenjeri FXXning talabini bajarishdan bosh tortish sababli Rossiyada 2018 yil aprelida bloklangan. Messenjerni bloklash Roskomnadzor so‘ragan, javobgar Telegram Messenger LLP hisoblanadi.
Manbaa: Kun.uz
P.S.: Bu Telegram messenjeri o'z ish faoliyatini yakunlaydimi yoki bunga bog'liq emasmidegan savollarga javob beradimi yo'qmi bilmadim. Lekin agar messenjer o'z faoliyatini to'xtatssa ba'zi odamlarning (ko'pa'zoli kanallar va username savdosi bilan shug'ullanadiganlar) cho'ntagiga anchagina ziyon qilishi tayin.