Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=46619
Postga havola
AbdusattarovZ [834] [off]
16 yoshli maktab oʻquvchisi axborot xavfsizligi tanlovida gʻolib boʻldi
Kuni kecha, “CTF.UZ” - “Kompyuterda axborot xavfsizligi” ochiq turdagi tanlovining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda 1-oʻrin 204-maktabning 10-sinf oʻquvchisi Dominik Galiyevga topshirildi. Gʻolib 15 mln. soʻm pul mukofoti hamda esdalik sovgʻasi bilan taqdirlandi. Endilikda D.Galiyev kiber xavfsizligi boʻyicha jahon chempionatiga yoʻl oladi. Alohida taʼkidlash joizki, “CTF.UZ“ tanlovi Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Mazkur tanlovni oʻtkazishdan asosiy maqsad Oʻzbekistonda AKT va kiber xavfsizlik salohiyatini yanada rivojlantirishga hissa qoʻsha oladigan iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni qoʻllab-quvvatlashdan iborat.
Bellashuvning yarim final va final bosqichlari 4-9-yanvar kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida oʻtkazilgan edi. Musobaqa davomida respublikamizning barcha viloyatlari va Toshkent shahridagi oliy oʻquv yurtlari, kollej va litseylardan 200 nafardan ortiq yoshlar ishirok etdi. Yosh dasturchilar axborot xavfsizligi boʻyicha berilgan shifrlash, murakkab matematik hisob hamda mantiqiy topshiriqlarni yechishdi.
Tanlovning taqdirlash marosimi ZOʻR.TV telekanali studiyasida tashkil etildi. Tadbirda Xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari Sarvar Boboxoʻjayev, Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosari Bahrom Olmatov hamda “ Oʻzbektelekom“ aksiyadorlik kompaniyasining bosh direktori Nazirjon Hasanovlar ishtirok etdi.
Ahamiyatlisi, ishtirokchilar hali oʻquvchi boʻlishiga qaramay, mana shunday nufuzli musobaqalarda faol ishtirok etib, iqtidorini namoyon eta oldi. Kelgusida bilimdon yoshlarning oʻzi tanlagan sohasining yanada rivojlanishida hissasini qoʻshishiga ishonamiz.
Manba:Xalq taʼlimi vazirligi
Axborot xizmati