Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=49637
Postga havola
Сирожиддин [2882] [off]
Pasportlar dunyo bo‘yicha faqatgina to‘rt xil rangda ekan. Har bir davlat pasport muqovasi uchun ushbu ranglardan birini tanlaganining o‘ziga xos sabablari bor, albatta. «AdMe.ru» buni tahliliy o‘rgandi. Agarda aeroportda uzoq vaqt navbat kutib zerikkan bo‘lsangiz, ushbu postni eslasangiz kifoya.
Qizil
Juda keng tarqalgan rang. Sloveniya, Xitoy, Rossiya, Latviya, Ruminiya, Polsha, Gruziya fuqarolari mazkur rangdagi fuqarolik pasportiga ega. Xorvatiyadan tashqari Yevroittifoq davlatlari ham to‘q qizil va qizil rangning boshqa tuslariga tegishli muqovadagi hujjatga ega. Turkiya, Makedoniya va Albaniya davlatlari esa o‘z pasportlarini bir necha yil avval qizil rangli pasportlarga almashtirgan.
Ko‘k
Ko‘k muqova «yangi dunyo» ramzi hisoblanadi. U qizildan keyin ko‘p tarqalgan rang sanaladi. Mazkur rangdan Karib davlatlarining 15 tasi foydalanadi. Janubiy Amerika davlatlarida esa ko‘k rang savdo hamkorlik ramzi sanaladi. Braziliya, Argentina, Paragvay davlatlarida ko‘k rangli pasport amalda. Shuningdek, AQSh fuqarolari ham 1976 yildan boshlab ko‘k pasportga ega bo‘lgan.
Yashil
Mazkur rangdagi pasportlar musulmon davlatlarida amalda. Masalan, Marokash, Saudiya Arabistoni, Pokiston. Yashil rang payg‘ambar sallallohu alayhi vasallamning sevimli rangi bo‘lib, tiriklik va tabiat rangi sanaladi. Yashil rangning turli tuslaridan G‘arbiy Afrika davlatlari — Burkina Faso, Nigeriya, Niger, Senegal va boshqa bir qancha davlatlar ham foydalanadi.
Qora
Qora rangdagi muqovaga ega pasport juda kam uchraydi. Mazkur rangdan Afrikaning ayrim davlatlari foydalanadi. Masalan, Botsvana, Zambiya, Burundi, Gabon, Angola, Chad, Kongo, Malavi va boshqa davlatlar. Shuningdek, Yangi Zelandiyaning milliy ramzi qora rang bo‘lgani bois mazkur davlat ham qora muqovali pasportga ega.
Ushbu xaritada davlatlar fuqarolarning pasportlari ranglariga bo'yalgan.