O‘z xavfsizligini o‘ylovchilar uchun «Telegram»da foydali bir funktsiya bor — messenjerda skrinshotlarni taqiqlash.
Bu funktsiyadan quyidagicha foydalanasiz:
1. Messenjerning sozlamalariga o‘ting.
2. «Konfidentsialnost i bezopasnost» («Konfidentsiallik va xavfsizlik») bo‘limiga kiring.
3. «Kod-parol»ni tanlang.
4. Ilovaga kirish kodini o‘ylab toping va kiriting.
5. «Razreshit snimki ekrana» («Ekranni suratga olishga ruxsat») holatini o‘zingizga kerakli holatga o‘zgartiring.
6. Ilovaga qaytadan kiring.
«Telegram» версияси ёки тилига қараб, юқоридаги бандлар номлари ёки тартиби фарқланиши мумкин.