Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=49732
Postga havola
Сирожиддин [2882] [off]
Bir asr-u yigirma yil muqaddam asab tizimi zo‘riqishlarini davolash uchun ixtiro qilingan (ajabo!) bu ichimlik duppa-durust tozalovchi vosita ham ekan. «T-online» yozishicha, ichimlik tarkibiga kislotalilikni me’yorlashtiruvchi ortofosfor kislotasi kirgani bois, bekalar «Koka-kola»dan uy va buyumlarni tozalashdek mashaqqatli yumushda bemalol foydalanishlari mumkin.
Santexnika
Buyumlar sirtidagi ketishi qiyin kirlarni ketkazishda «Koka-kola» boshqa tozalovchi vositalardan qolishmaydi. Buning uchun u xamirni oshirishda qo‘llanuvchi vosita («razrыxlitel») bilan aralashtiriladi va yuzaga suriladi. Yarim soatdan bir kechagacha shunday qoldiriladi. Keyin cho‘tka bilan tozalansa xuddi yangidek yaltirab ketadi.
Tova
Tagiga olgan tovani «Koka-kola» yordamida tozalash juda oson. Buning uchun tovaga ikki santimetrcha balandlikda «Koka-kola» quyiladi va yarim soat sust olovda qaynatiladi. Keyin tova oqar suvda yuvib tashlanadi.
Choynak
Odatda bu oshxona jihozini limon kislotasi yoki sirkada tozalash tavsiya qilinadi. Biroq choynakning ichki devorlariga yopishgan ohaksimon qotishmani «Koka-kola» yordamida ham yo‘qotsa bo‘ladi. Buning uchun choynak «Koka-kola» bilan to‘ldirilib, bir oqshomga qoldiriladi. Ertalab qarabsizki, choynak top-toza!
Zang
Temir buyumlarda paydo bo‘lgan zangni yo‘qotishda ham «Koka-kola» sizga yordamga keladi. Buning zanglagan yuzaga ichimlikdan quyiladi va shimib olganidan so‘ng kichikroq cho‘tka, masalan, eski tish cho‘tkasi bilan tozalab tashlanadi. Zanglab ketgan va echilishi qiyin murvatlarni ham «kola» bilan ochish osonlashadi.
Mox
«Koka-kola» moxni yo‘qotishda ham ajoyib vositaligini namoyon etdi. Yana bir ajoyib tomoni, u moxning qayta paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi va tosh yuzaning jilosini yo‘qotmaydi. «Koka-kola» bilan devorlarga ishlov berilganda toshli qoplamalar uchun ishlatilgan qorishmalarga ziyon etmaydi.