Deylik sizda biron-bir fotosuratdagi fonni zudlik bilan almashtirish zarurati paydo bo‘ldi. Sizda esa fotomuharrir (photoshop) ilovasi yo‘q. Nima qilish kerak?
Eng yaxshi chora — neyrotarmoq. Buning uchun internet bo‘lsa bas.
Ana shunday neyrotarmoqlardan biri Remove.bg manzilida joylashgan. Bu onlayn-xizmat kadrdagi inson suratini o‘zi aniqlaydi va fonini o‘chirib tashlaydi. Bu bepul xizmatdan hamma foydalanishi mumkin.
Onlayn-xizmat suratdagi hayvonlar va ob’yektlarni ham aniqlay oladi, ammo sifatiga odamlarning suratichalik kafolat bera olmaydi.
Demak, bir zumda fonsiz surat tayyorlash uchun quyidagicha yo‘l tutasiz:
Saytga kiring (https://www.remove.bg/). Fotosuratni yuklang yoki uning URL-havolasini joylashtiring. Atigi 5 soniyada siz joylashtirgan surat qayta ishlanadi, uni saqlash uchun «Download» tugmasi bosilsa kifoya.