Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=52277
Postga havola
SHERLOCK [106] [off]
To'liq o'qib chiqing
Dinni cheklov deb qabul qilsangiz qattiq yanglishasiz. U e'tiqodi butunlar uchun imkoniyatdir. Sizga kim huquq berdiki, Rasulullohning aytgan nasihatini fikringizga moslab musiqa ta'qiqlangan deb qaror chiqarib qo'yasiz?! Tug'ilgan kun va Yangi yil bayramini nishollash mumkin emas deb yuborasiz. Qaysi oyati karima yoki muqaddas hadis bunga guvohlik berishini aniq ko'rsata olmaysiz-u yana Xudo nomidan gapirasizmi?Yolg'on so'z aytish va guvohlik berish man etilganini bila turib, biror marta ham yolg'on gapirmaganman deb ayta olasizmi? Hatto, zino ham qattiq tavbadan so'ng kechirilishi mumkinligini, ilk yolg'onni Shayton alayhi la'na aytganini o'zingiz ham eshitgansiz. Agar ular majburiyat bo'lganida edi, ro'za oyida quyosh yerni yoritayotgan chog'da og'izlaringiz tikib qo'yilar edi.Yana bir misol aynan shu muqaddas oyda kun davomida Iblis kishanlanib qo'yiladi. Mana bu majburiyat, mana shu cheklovning o'zginasi!Shayton odam qiyofasidagi iblislardan ko'proq umidvor bo'ladi. Haddidan ortiqcha oshgan chog'larida ayollarni esini joyiga kiritib qo'yish mumkinligi haqida aytishardi va bunga hujjat ham mavjud. Lekin hozir "Sevimli" telekanalida efirga uzatilayotgan turk serialidan bir gapni tasodifan eshitib qoldim. Bir imomga yuqoridagi hadis haqida savol berishadi. Shunda u Payg'ambar alayhissalom nega xotinlarini urmadilar unda deb qarshi savol yo'llaydi. U yana shunday dedi: " Allohning rasuli loyiq ko'rmagan ishni nega biz qilishimiz kerak. Axir, u zot har birimiz uchun o'rnak emasmi?! U kishi hatto, ayollarga qattiqroq ham gapirmaganlar-ku". Aslida, yo'nalishim sport jurnalistikasi bo'lsada, o'ylab qarasam din haqida juda ko'p yozib yuboribman. To'g'ri, meni o'zicha aqillilik qilayapti deb hisoblashingiz mumkin. Lekin bitta narsani ham yodingizdan chiqarib qo'ymang: kimdir nima haqidadir fikr bildirsa, bu uning to'laqonli haq ekanligini anglatmaydi. Siz qaysilar xato g'oyalar ekanini bilishingiz uchun ham, avvalo, uni eshitib ko'rishingiz kerak.Barchasi shunchaki shaxsiy qarashingizni shakllantirish uchun bo'lgan urunish edi, xolos. Modomiki, futbol tomosho qilgani sababli emas aynan diniy bilimlari yetarli bo'lmagani tufayli odamlar to'g'ri yo'ldan ozayotgan ekanlar, xo'sh, unda nima sababli biz bu haqida gapirmasligimiz kerak?!
Mansurbek Ne'matov