Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=52278
Postga havola
SHERLOCK [106] [off]
Biz hali-hamon eskicha fikrlayapmiz. O'zimizning shaxsiy qarashlarimiz shakllanmagan, afsuski. Birinchi odamning gaplariga ko'r-ko'rona ergashib ketaveramiz go'yoki yosh bolalardek. Insoniyat har doim oddiy narsani murakkablashtirib , murakkabini esa soddagina qabul qiladi. AQSH iqtisodiyoti va kompaniyalari butun dunyoda hukm surmoqda. Bu imperiya ildiziga bolta uradigan kuch buyog'igayam topilmasa kerak. Bir vaqtlar o'sha gegemonlar: "Odamlar o'zlari nima xohlashlarini bilishmaydi. Ular uchun istaklarni biz yaratamiz", - deya oldiga maqsad qo'yib olgan edi. Buni bir necha yuz yillardan beri muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqdalar. Universitetda men bilan birga o'qiydigan talabalardan biri shunday savol bergan edi: " Nega faqat AQSHni misol keltirishimiz kerak? Nega u kabi bo'lishga intilish lozim? Nima solishtirishga boshqa davlat yo'qmi?". Bu savolning o'zi menga facebook (!) ijtimoiy tarmog'ida bahs paytida yo'llangan edi. Mamlakatimiz hududida va umuman butun jahondagi barcha kompyuterlar Windows, Macintosh yoki Linux (!) operatsion tizimlarida ishlaydi. O'z sohasi bo'yicha bozorimizni shitob bilan egallab olgan Coca Cola, Pepsi va Royal Crown ichimlik ishlab chiqaruvchi brendlari dunyo bo'yicha eng yetakchi mavqega ega. O'zgachaligi va ajoyib dizayni bilan ajralib turuvchi Apple ning iPhone lari haqida alohida to'xtalish shart emas, nazarimda. Raqamli tarmoqda mahsulotlarning elektron savdosi bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turadigan Amazon saytini yaxshi bilasiz. Hozirda yurtimizda ishlab chiqarilayotgan avto mashinalar "Chevrolet" logosi bilan harakatlanmoqda. Yuqorida sanalgan barcha kompaniyalar Qo'shma Shtatlar kompaniyalari. Xohishimizni o'zlari belgilab, o'zlari ta'minlayotgan ekan, obro'si eng yuqori pog'onalarda bo'lsa, nega biz ular kabi bo'lishga harakat qilmasligimiz kerak? Maqsadni baland qo'yish darkor. Qattiq va qat'iyat bilan intilsak, o'sha osilgan baland dorimizning o'zi bizni tortib oladi.
Mansurbek Ne'matov
Mansurbek Ne'matov