Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=52282
Postga havola
SHERLOCK [106] [off]
Hozirgi zamon Layli-yu Majnun bo'lib sevgi uchun jon fido qiladigan davr emas. Hamma narsani yosh bolalardek hissiyotlarga berilib qabul qilish bugun uchun begona. Muhabbat asosiga quriladigan oilalarning biroz o'tib ajralib ketishiga ham sababchi. Ikki juftlik to'ygacha ko'rishi mumkin bo'lgan barcha qiyinchiliklarni boshidan o'tkazib bo'lgan bo'ladi. Biroz o'tib bir-birlaridan zerika boshlaydilar. Xudo tomonidan betoqat qilib yaratilganmiz. Xuddi kompyuterlar kabi dasturimizdan chetga chiqib keta olmaymiz. Na sovuqqa va na issiqqa ko'nika olmaganimizdan yil fasllari ham tinimsiz almashinib turadi. Biz duch kelishni xohlamaydigan muammolar bo'lmaganida shu havoning o'zi bo'g'ib qo'ygan bo'lardi. Tan oling, bir o'y hammani qiynaydi. Siz tinch va betashvish hayot kechirsangiz-u qolganlar azoblanayotganini hafsalasizgina kuzatib o'tirsangiz. Bu holatga faqat jannatda guvoh bo'lasiz, ungacha shavqatsiz hayot sizni bir lahza bo'lsada tinch qo'ymaydi. Umrimiz kabi undagi hamma narsa vaqtinchalik. Bir ko'rishdagi muhabbat bo'lmaydi. Siz sevib qolgan inson sizdan ustun bo'lsagina birgina nigohdan nimanidir kutish mumkin. Qolgan barcha holatlar ortiqcha o'rganib qolish mahsuli. Bir filmda shunday deyiladi: " Sevgi bu yosh bolalar o'yini". Muhabbatdan o'lar holatga borish esa miyani bunga bolalikdan dasturlashtirib borish (bunda kino filmlarning ulushi yuqori) va tabiiy hamda biologik o'zidan nasl qoldirishga moyillik natijasida yuzaga keladi. Romantikani o'ta qadrlovchi qizlarimizga bu gaplar yoqmayotgan bo'lishi mumkin. Lekin yana bir holat: o'sha yuragingiz yangisi paydo bo'lganda eskisini birdaniga unutib yuboradi va ko'zga yaqinini ideallashtiradi. Bunisiyam qo'ldan chiqqach yana oniy lahzada eskisiga intila boshlaydi. Bozor iqtisodiyotiga qurilgan dunyoda qaysi jihat ustunlik qilishini anglash qiyin emas. Bunday tuyg'ular abadiy emas. Bu dunyoga o'zingizdan nimadir qoldiring. O'z insoniy vazifangizni bajaring. Mavhum o'ylar bilan ko'p ovora bo'lib qolmang.
Mansurbek Ne'matov
Mansurbek Ne'matov