Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=52283
Postga havola
SHERLOCK [106] [off]
Ijtimoiy tarmoqdagi profillarga "hikmatli so'zlar"(qo'shtirnoq ichida)ni qo'yib olish juda ommalashdi. Ba'zi birlarini o'qib hayratdan yoqa ushlaysan: nahotki, odamlar shunchalik aqlli bo'lib ketgan bo'lishsa?! Mana o'shalardan biri - "O'lsang tobutingni ko'taradigan do'stlaring bo'lsin". O'ylashimcha, sizda bir o'y paydo bo'ldi:" Xo'sh nimasi yomon? " demoqchidirsiz, balki. Davom etamiz. Bir anchagina ishlov berilgan qabr toshi, sharros quyayotgan yomg'ir va jiqqa ho'l bo'lgan yigitlar "to'dasi". Rasmda ularning ko'pchiligi 25 dan ham oshmaganligini sezish qiyin emas. Haliyam oddiydek tuyulyaptimi? To'g'ri, biz musulmonmiz va har bir kunimizda o'lim haqligini eslashimiz oladigan nafasimiz soni kabi sanoqsiz bo'lishi kerak. Oldin ham aytganimdek, yaxshilab tushunib olmasdan turib hamma narsani o'zingizcha talqin qilishga shoshilmang. Biror yomon ish qilishdan oldin agar hozir shu qabih niyatni amalga oshira turib, nogahon, narigi dunyoga ravona bo'lsangiz va bu eng asosiy imtihonda sizning oyog'ingidan chalishi mumkinligini fahmlasangiz siz bu eslashning foydasini to'g'ri tushunibsiz. Biroq yuqoridagi statusni qo'yib olgan "yigitcha"ning o'yi taxminan bunday bo'ladi: "Agarda hozir men o'lsam, o'rtoqlarim qator-qator bo'lib meni ko'tarib borishmasa nima bo'ladi? Hamma meni yomon odam bo'lgan ekan deb o'ylaydi"(taxminan shunday). Dabdababozlikka shunchalik berilib ketganmizki, o'zimiz ko'ra olmaydigan yoki ko'rishga vaqtimiz bo'lmaydigan vaqt haqida hozirdan bosh qotiryapmiz.
Mening variantim: shu qadar uzoq umr ko'ringki, o'sha ko'tarishi kerak bo'lganlardan oxirgisi siz bo'ling yoki do'stlaringiz bu vaqtda qarib-qartayib tobut ko'tara olmas holatda bo'lsin. Nevara, chevara va evaralaringiz baquvvat qo'llari bilan o'zlari eltib qo'yishsin. Buni yuqoridagi status bilan solishtirib ko'ring. Qaysi ko'proq yoqdi? Esingizda bo'lsa, xorijiy filmlardan birida : "U shunday dabdabani yoqtiradi" - deb turib aktyor itdan qolgan yasama kokilni maxsus quvurlardan quyulgan "soxta" yomg'ir tomchilari ostida dafn qilishardi.
Mansurbek Ne'matov