Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=52285
Postga havola
SHERLOCK [106] [off]
O‘zbek xalqining imiji kimlarning qo‘lida?..
“Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur”.
(Abdulla Avloniy)
Shonli tariximizga nazar solsak, o‘zbek yigitlari o‘zlarining vatanparvarligi, mardligi, g‘ururi va or-nomusi bilan shuhrat qozongan. Nafaqat o‘zbek yigitlari, balki o‘zbek qizlari ham ibo-hayo, andisha va odobi bilan o‘zga xalq vakillarining e’tiboriga sazavor bo‘lgan.
"Obro‘ misqollab keladi, qadoqlab ketadi", deb bejiz aytilmagan. Hozir ko‘z o‘ngimizda sodir bo‘layotgan voqealar kishini ajablantiradi. Xalqimizning yillar, asrlar mobaynida orttirib kelayotgan obro‘yi, imiji ayrim ma’naviyatsiz ishlar tufayli salbiy tomonga o‘zgarmoqda.
OAV da tarqalgan Samarqandlik qizlarning hayosizlarcha olingan videolari o‘zbek xalqining imijiga, albatta, salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Endi yaqin kunlarda sodir bo‘lgan “fanat” qizlarning turk aktyori – Burak O‘zchevitga ko‘rsatgan “iltifotlari”ni izohlashga til ojiz. Burak O‘zchevitning Vatanimizga tashrifi davomida va o‘zbek qizlarining unga bo‘lgan munosabati juda achinarli. Bunday voqealardan so‘ng “o‘zbek qizi”, “o‘zbek ayoli” kabi ohori to‘kilmagan ta’riflarni eshitgan boshqa millat vakillari qanday xulosaga kelishi barchaga ayon... Kishi o‘ylab qoladi... Har holda bunday "fanatlar" ma’rifat, ilm dargohlarida tahsil olishyaptimi yoki...
Har bir ison ma’naviyatni boshqalardan emas, avvalo, o‘zidan boshlashi lozim. O‘zbek xalqi uchun "ayol" or - nomus, g‘urur hisoblanadi. Bu g‘ururning nafaqat boshqa xalq vakillari oldida, balki o‘z xalqi oldida ham poymol qilinishi juda ayanchli hol.
Xalq orasida "Guruch kurmaksiz bo‘lmaydi", degan naql bor. Ammo “o‘zbek ayoli” bilan birga butun xalqning oynadek tiniq yuziga dog‘ tushiradigan o‘gil-qizlar kurmakdan ham ko‘payib ketyapti, degan gaplar quloqqa chalinadi. Shu o‘rinda aytish joizki, bir-ikki kishining chaqirig‘i da’vati bilan xalq ma’naviyatli, ma’rifatli bo‘lib qolmaydi. Biz ma’naviyatimizni yuksaltirishimiz, o‘zbek xalqining imijiga, qadriyatlariga dog‘ tushirmasligimiz uchun, eng avvalo, o‘zimizni isloh qilishdan, ma’rifat va madaniyatimizni yuksaltirishdan boshlashimiz kerak.
Jahongir Mardonov
@JurnalistNigohi