Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=52287
Postga havola
SHERLOCK [106] [off]
Nihoyat bizda ham zamonaviy ko'rinish va nomga ega "city"lar barpo etish ishlari olib borilmoqda. Hali o'z ko'zimiz bilan ko'rib sifatiga ishonch hosil qilmagan bo'lsakda, bu boradagi umidlarimiz yomon emas. "Tashkent city"ni reklama qilish va xalq orasida ommalashtirish uchun mashhur charm qo'lqop ustasi Mayk Tayson olib kelindi. To'g'ri, uning poytaxtimizga shaxsan tashrif buyurgani haqida aniq ma'lumotga ega emasmiz. Katta ehtimol bilan u yashash joyidan turib virtual tashviqot o'tkazdi. Har holda, u mashinada sayr qilgan ko'chalar tabiiysidan biroz farq qiladi, shuningdek, Mayk deraza ortiga tikilgan xona o'sha vaqtda tayyor bo'lmasligiga oddiy odamning ham aqli yetadi. Lekin reklamaning qayerda va qay tarzda amalga oshirilishi zarracha ahamiyatga ega emas. Shunga o'xshash hashamatli loyiha "Olmazor city" nomi bilan bunyod etilishi e'lon qilindi. O'zaro raqobat bormidi yoki yo'q bu bizga ma'lum emas, biroq Olmazor innovatsion shahri quruvchilari yuqoridagilardan hech kam joyi yo'qligini ko'rsatish uchunmi Burak O'zchevitni taklif etdi. Faoliyatini model sifatida boshlaganini inobatga olsak, bu loyiha yuziga aylanishga munosib nomzod. Birgina serial orqali shunchalik ko'p muxlisalarga ega bo'lish mumkinligini ko'rib o'zi ham lol qolgan bo'lsa kerak. Bu holatni juda ko'p tanqid qilishdi. Lekin keling, yigitlar, ortiqcha maydalashib ketmaylik. Bu qattiq muxlislikning bir ko'rinishi. Chet ellik san'atkorlarning "Xalqlar do'stligi" saroyidagi konsertlaridagi holatlar xuddi o'shaning biroz kattaroq ifodasi. Biznikilar qilgan bo'lsa, selfi tushish va uni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga qo'yish yoki OAVning biror bir shaklida mashhur aktyorning yonida turgan holatda namoyon bo'lish uchun qilishdi. Bu shunchaki xalq va kuzatuvchilar orasida obro' orttirish niyatida amalga oshirilgan bir urunish edi, xolos. O'zimizcha bu bilan qo'shni jins vakillari ulardan ustunligimizni yana bir bor ko'rishlarini xohladik. Agar siz G'arbiy Osiyo mamlakatlaridagi fanatiklikni ko'rsangiz shokka tushib qolgan bo'lardingiz. Bu qichqiriqlar odamning tovush paychalaridan chiqayotganiga shubhalanib qolasiz. Modomiki, bu tashrifdan biror "minus" topmoqchi bo'lsangiz, barchasi o'zbek san'ati uchun bo'ldi. Burak hali jahon miqyosidagi yulduz emas. Ammo uning hozirgi darajasi biznikilarning nonini yarimta qilish uchun yetarli bo'ldi. Shu qizlarning bir stol atrofida to'planishini ko'rib chet elda biz haqimizda qandaydir salbiy munosabat paydo bo'lishidan xavotirda bo'lsangiz sizga bir gap aytaman: biz hech qachon va hech kimga biror narsani isbotlashga majbur emasmiz!
Mansurbek Ne'matov
Mansurbek Ne'matov