Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=5277
Postga havola
ZavqliRap [198] [ban]
Ko`pchligimiz Tas-IX tarmog’i haqida eshitganmiz. Uning ichida Internet bepul ekanligidan quvonganmiz. Ammo Tas-IX o`zi nima, degan savolga hamma ham aniq javob bera olmaydi. Mana shu savolgaZiyoNET tarmog’i resurs markazi xodimiYevgeniy Semyonovichjavob beradi:
— Yevgeniy Semyonovich, Internet olamida «sirli» atamalar ko’p uchraydi. Shulardan biri Tas-IX. Shu sababli, suhbatimizni Tas-IX atamasining ma’nosidan boshlasak.
— Albatta, texnik va ilmiy atamalar odamda dastlab ozgina cho’chish va mavhumlik hissini uyg’otadi. Ma’nosini tushunib olganingizdan keyin «o’zingizniki» bo’lib ketadi. Tas-IX ham shunday. «Tas-IX» atamasidagi «Tas» qisqartmasi «Toshkent» ni anglatadi. Ya’ni Internet trafigi almashinuv nuqtasi yaratilishi haqida kelishuv qabul qilingan joyToshkent shahri. «IX» esa, ingliz tilidagi «Internet eXchange Point» «Internet almashinuv nuqtasi» iborasidan olingan. Umumiy izohlaganda, Toshkentdagi Internet orqali malumotlar almashinuv nuqtasi deb tariflasak boladi.
— Bunday nuqtani yaratish goyasi qachon tug’ildi? Unga nima turtki bo’lgan?
— Bilasiz, dastlab Internetga ulanishDial-upmodemlar orqali amalga oshirilar edi. Bunda uzogi bilan56 Kb/s tezlikni ta’minlash mumkin bo’lardi. Keyinchalik, Internet texnologiyalari taraqqiy eta borgach, provayderlar ommaviy ravishda Internetga kengpolosali ulanishni taqdim eta boshladilar. Jumladan, 2004 yildanADSL texnologiyasi keng ko’lamda qollanila boshladi. Ushbu texnologiya ham telefon simi orqali aloqaga asoslangan, lekin ADSL-modem ishlatilganda, ma’lumotlarni uzatish telefon signali «ustidan» otadi, shu bois bir vaqtning o’zida telefonda suhbatlashish ham, Internetdan foydalanish ham mumkin.
Shu tufayli foydalanuvchilar ishlatadigan trafik hajmi keskin kengaydi. Uning o’sishi Uznetni dunyo bilan bog’lab turuvchi tashqi kanalning cheklanganligiga borib taqaldi. Gap shundaki, Uznet ichidagi saytlarga ulanish ham tashqi kanal orqali amalga oshirilardi. Ustiga ustak, kanalni ikki barobar ko’p ham kirish, ham chiqishda band qilardi. Misol tariqasida aytsak, siz biror saytga murojaat yuborsangiz (kirmoqchi bolsangiz), u sayt yurtimizdagi serverlarda joylashgan bo’lsa ham, baribir tashqi xalqaro tarmoqqa chiqib, so’ng yana ortga qaytib, kerakli saytga yetib borardi. Tashqi Internetga chiqish kanali hajmi esa, cheklangan. Shu tufayli, o’zimizdagi saytlarga kirish ham sekin kechadigan bo’lib qolgandi.