Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=5279
Postga havola
ZavqliRap [198] [ban]
Mana shu vaziyat O’zbekiston provayderlarining Uznet ichida trafik almashish nuqtasini yaratish uchun o’z kuchlarini birlashtirishlariga sabab bo’ldi. Maqsad yurtimizdagi bir provayder (masalan, Sarkor) mijozlari boshqa mahalliy provayder (masalan, TPS) da xostingda turgan saytga tashqi kanal orqali emas, balki o’zimizning trafik almashish nuqtamiz orqali kirishlarini ta’minlash edi. Birgalikdagi say-harakatlar natijasida, 2004 yil 24 oktyabrda Tas-IX tashkil topdi.
— Tas-IX ning bugungi kundagi holati qanday? U foydalanuvchi talabiga qanchalik javob beradi?
— Tas-IX ning dastlabki ishtirokchilari mamlakatimizdagi beshta provayder bolgan. Hozirda esa, ularning soni 30 nafarga yaqinlashib qoldi. Shuni ham aytish kerakki, o’tgan sakkiz yil ichida Uznet ma’lumotlar bilan boyidi. Har qanday qiziqish, har qanday maqsadlardagi foydalanuvchi uchun manfaatli saytlar yaratildi. Natijada, 2004 yilda provayderlar faoliyatida tashqi trafik 95 foizni tashkil qilgan bo’lsa, hozirda ko’pgina foydalanuvchilar haftalab o’zimizning saytlar bo’ylab «sayohat» qiladilar, tashqi Internetga chiqmaydilar. Chunki o’zimizda ham ko’plab yangi resurslar, ayniqsa yoshlar uchun kongilochar saytlar paydo bo’ldi. «Og’ir» kontentlar filmlar, musiqa kopaydi, ularni katta tezlikda yuklab olish mumkin bo’ldi. Ko’plab qiziqarli tematik, shaxsiy, koporativ saytlar, bloglar, ijtimoiy tarmoqlar yuzaga keldi.
Deyarli barcha provayderlar Tas-IX dagi saytlarga kirishni tarifga qo’shmaydilar, bu xizmatni bepul taqdim etadilar. Uznetdan tashqariga chiqilmasa, ma’lumotlardan bepul va uzoq foydalanish mumkin.
Manba: megabayt jurnali