Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=5470
Postga havola
Сирожиддин [2882] [off]
Windows o’rnatish fayllarini diskdan fleshkaga to’g’ridan-to’g’ri ko’chirish va shu fleshka yordamida Windows o’rnatishga urinish ish bermaydi. Birinchi navbatda fleshkaga ko’chiriladigan Windows o’rnatish fayllarini DOS muhitida yuklanadigan qilish kerak bo’ladi. Buning uchun Windows o’rnatish diskini «qanday bo’lsa shundayligicha» ISO formatda nusxalashimiz kerak. Diskdan ISO formatida nusxa olishni ko’plab disk bilan ishlovchi dasturlar juda yaxshi eplay olishadi. Masalan, bunday nuxsalarni Nero yoki UltraISO yordamida ko’chirishingiz mumkin. Yodingizda bo’lsinki, ko’chirilayotgan ISO nusxasi «yuklanadigan» (zagruzochniy) bo’lishi kerak.
Ishlaydigan Windows o’rnatish diskini to’liq, yuklanadigan ISO formatda nusxalab olganingizdan keyin Windows DVD/USB Download Tool dasturini yuklab oling. Bu kichik xajmli, yengil dastur ishlatish uchun juda qulay. Dasturni yuklab olgach, uni o’rnating. O’rnatilgan Windows DVD/USB Download Tool dasturini ishga tushiring va quyidagilarni amalga oshiring:
1. Birinchi qadamda avvaldan nusxalab olingan ISO faylni «Browse» tugmasi orqali dasturga ko’rsating va «Next» tugmasini bosing.
2. Kamida 4 gegabayt bo’sh joyga ega bo’lgan USB fleshkani kompyuterga ulang va Windows DVD/USB Download Tool dasturi oynasida USB Device tugmasini bosing. Bu orqali Siz kompyuterga ulangan fleshkangizga yo’l ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lishingiz kerak.
3. Dastur USB fleshkani format qilishni talab qilishi mumkin. Bunga rozilik bildiramiz. Yodingizda bo’lsinki, format qilinayotgan fleshkadagi barcha ma’lumotlar o’chiriladi. Agar fleshkada kerakli fayllaringiz bo’lsa, ularni format qilishdan oldin xavfsiz joyga ko’chirishni unutmang.
4. Formatdan so’ng dastur ISO fayldan Windows o’rnatish fayllarini fleshkaga «yuklanadigan» qilib ko’chirishni boshlaydi. Sabr bilan kuting.
5. Fayllar ko’chirilishi muvaffaqiyatli yakunlangandan so’ng fleshkangizni olishingiz va undan istalgan kompyuterga fleshka orqali Windows o’rnatish uchun foydalanishingiz mumkin.
Fleshka orqali Windows o’rnatish tartibi disk orqali o’rnatish tartibi bilan bir xil: kompyuterni to’liq o’chirasiz, kompyuter yuklana boshlaganda fleshka orqali yuklashni tanlaysiz va Windowsning o’rnatish amaliyotlarini bosqichma-bosqich bajarasiz. Ba’zi kompyuterlar fleshkani ilk yuklash qurilmasi sifatida «tanimasligi» mumkin. Bunday holatning oldini olish uchun kompyuterning BIOS sozlanmalarida ba’zi o’zgarishlarni qilish talab etiladi. Fleshkadan yuklay olmasangiz BIOS sozlanmalaridagi «Boot sequence (priority)» tartibida fleshkani birinchi o’ringa chiqarib, qayta urinib ko’ring.