Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=5478
Postga havola
Сирожиддин [2882] [off]
Papkaga parol qo‘yish uchun juda ko‘p dasturlar ishlab chiqilgan, lekin ularning ko‘pchiligi pullik hisoblanadi, bizga esa har doim tekini kerak. Demak, maqola shunday dasturlardan biri «Anvide Lock Folder» haqida bo‘ladi.
Nega aynan shu dastur tanlandi:
Dastlab Anvide Lock Folder dasturini ko‘chirib olamiz, so‘ng uni ishga tushiramiz.
Litsenziya haqidagi ma’lumotni o‘qib rozilik bildiramiz va dasturning yangi versiyasi haqida ogohlantirish shart emasligini aytib qo‘yamiz. So‘ng, dastur ishga tushadi.
Dastur Menyusi (chapdan o'ngga)
Bu dastur orqali parol qo‘yilgan papka, nafaqat parollanadi, balki ko‘rinmas ham bo‘lib qoladi.
Hattoki bu katalog qidirish tizimi orqali qidirilganda (Поиск), berkitilgan fayllar ko‘rinadigan qilinganda (скрытые файлы) ham ko‘rinmaydi (lekin qattiq diskdan joy olib yotaveradi).
Bu faylni o‘z holiga qaytarish uchun, shu dastur orqali parolni olib tashlash kerak bo‘ladi xolos.
Bu dasturning kamchiligi, faqat papkalar bilan ishlay olishidir (fayl va disklar bilan ishlay olmaydi).
Nega aynan shu dastur tanlandi:
1. Asosiysi bu dastur pullik emas. 2. Interfeyslar rus tilida. 3. Dasturni o‘rnatish shart emas, shunday ishga tushirilaveradi. 4. Tushunarli va yaxshi dizaynga ega. 5. Papkaga parol qo‘yishdan tashqari, bu papkani ko‘rinmas qilish xususiyati ham bor.
Dastlab Anvide Lock Folder dasturini ko‘chirib olamiz, so‘ng uni ishga tushiramiz.
Litsenziya haqidagi ma’lumotni o‘qib rozilik bildiramiz va dasturning yangi versiyasi haqida ogohlantirish shart emasligini aytib qo‘yamiz. So‘ng, dastur ishga tushadi.
Dastur Menyusi (chapdan o'ngga)
1. Dasturga parol bilan kirishni amalga oshirish. Kerakli parol kiritiladi va keyingi safar dastur yuklanganda shu parol so‘raladi. 2. Parol qo‘yish kerak bo‘lgan katalogni belgilash(bir necha kataloglarni tanlash mumkin, faqat ketma-ket ravishda). 3. Ro‘yhatdan kataloglarni o‘chirish, bunda parol o‘rnatilmagan kataloglar o‘chiriladi. 4. Parol o‘rnatish Kerakli parol 2 marotaba kiritiladi va «Закрыть доступ» tugmasi bosiladi. Parol esdan chiqib qolishini oldini olish uchun, yordam sifatida biror matn kiritilishi taklif qilinadi. Parol uzun bo‘lsa, bu taklifni qabul qilgan foydali. 5. Ro‘yxatdagi(tanlangan) katalogni parolini olib tashlash tugmasi. O‘rnatilgan parol yoziladi va «Открыть доступ» tugmasi bosiladi. 6. Dasturni sozlash tugmasi. Barcha sozlashlar rus tilida tushunarli qilib yozilgan, tushuntirishga hojat yo‘q. 7. Dastur haqida ma’lumot 8. Yordam. 9. Chiqish.