Bu, albatta, aqlbovar qilmas holat, ammo ayni haqiqat bangladeshlik rassom Suas Nayyanning Barselona etakchisi Messi haqida chizgan kartinasi bugun haqiqatga aylandi.2013 yilda chizilgan rasmda Messi10 raqamda tasvirlangan va o'ziga xos usulda raqiblarini ortda qoldirib ketmoqda. Buni qarangki, xuddi shu holat yaqinda Betisga qarshi o'yinda takrorlandi.
Bitta farq shundaki, suratda raqiblar 5 ta, Betis ga qarshi o'yinda esa Leo 4 ta raqibni aldagan. Ammo aldash usuli 6 yil oldin tasvirlangan surat bilan shunchalik o'xshashki, hayron qolasiz.