Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=56377
Postga havola
AMIROV [324] [off]
Professional dasturchi bo`lish uchun birinchi navbatda sizga:
1.Sabr
2.Qunt
3.Diqqat
Kerak bo`ladi. Qolganini tajribada orttirib olasiz.
Sabr - ilm olish uchun soatlab o`tira olishingiz kerak. Biror masalani hal qilishni boshladingizmi, uni oxiriga yetish uchun soatlar o`tirib qolishingiz mumkin, shunday paytda ishni yarim yo`lda qoldirmaslik kerak.
Qunt - Adabiyot o`qiyotganingizda, biror kishi yozgan ma'lumotni o`qiganingizda, agar oson hazm bo`lmasa, tashlab qo`ymaslik kerak. Nima demoqchi ekanini, nimalarni hisobga olib gapirganini qunt bilan o`qib, tushunishga harakat qilishingiz kerak. Qo`l uchida, oddiy sichqoncha bilan qilinadigan ishlarga uchmasdan, aynan ishlab turgan narsa nima uchun ishlayotganini, nima qilsangiz, sizda ham shundan a'lo darajada ishlashini izlashingiz kerak bo`ladi.
Diqqat - juda muhim narsa. Sizga oddiy ko`ringan narsa, payti kelib ishlamay qolishi mumkin. Bunga esa kichkina ko`rinmas xato olib kelgan bo`lishi mumkin. Masalan, oddiy nuqtali-vergul (;) bitta joyda xato qo`ysangiz, yechimingiz 100% boshqacha ishlashi mumkin. Chunki mantig`i o`zgarib ketadi. Shunga mayda xatolarni qilmidigan xolatga kelib olishingiz kerak.
Keyin esa asosiy narsalar. Bu aniq bir yo`nalishni tanlab olishingiz kerak:
1.Til - qaysi tilni o`rganishni. Ko`pchilik C/C++ dan boshlashadi. Chunki u quyi dasturlash tili Assemblerga juda yaqin va ayni vaqtda yuqori dasturlash tillari bilan bellasha oladi. C/C++ dan keyin boshqa tillarga o`tish ancha oson, masalan C#, Java, php va boshqalariga.
2.Soha - web, mobile, pc deganingizdek, o`zingizga qizziq bo`lgan, ishlaganingizda zerikib qolmaydigan sohani tanlashingiz kerak. Masalan, Backeng, Frontend, Mobile, Desktop, Veb, Database va boshqalar.
1.Backend - ko`proq fundament va oddiy foydalanuvchi uchun ko`rinmaydigan bo`lib. API lar shu sohada yoziladi. Sizga ko`proq sonning qanday ko`rishini emas, uning qiymati bilan ishlash yoqadigan bo`lsa, shuni tanlashingiz kerak.
2.Frontend - foydalanuvchi bilan to`g`ridan-to`g`ri bog`liq bo`lgan soha. Bunda sizning ishingiz ko`proq Foydalanuvchi uchun qulay, tez tushiniladigan va sodda ko`rinishlar yasash (+dizayn) va ularni backend bilan aloqasini qilish kerak bo`ladi.
3.Mobile - bu ko`proq imkoniyati cheklangan qurilmalar uchun dasturlash. Bu yerda o`ziga hos dasturlash madaniyati bor, yani dasturingiz oddiy telefonda yoki biror qurilmada ishlashi mumkin. Shunda sizga xotira chegaralangan bo`ladi, ko`p ishlarni OTning imkoniyatidan kelib chiqish qilishingizga to`g`ri keladi. Agar Sensor ekranli smartfonlar bilan ishlashga to`g`ri kelsa, demak sizda klaviatura va sichqoncha bo`lmaydi, moslashishingiz kerak bo`ladi.
4.Desktop - bu ko`pincha windowsda ishlaydigan dasturlar bo`lib, (iMac da ham ishlashi mumkin). O`zi alohida ishga tusha oladi va to`liq kompyuterning barcha imkoniyatlaridan foydalana oladi. Albatta bu serverlarda ishlatilmaydi, bu yerda frontend va backend ko`pincha birga qilinadi. Klaviaturaning barcha imoniyatlaridan tortib, tashqi qurilmalar bilan ishlashgacha hammasini o`z ichiga oladi.
5.Web - bu brovser da ishlaydigan tizimlar bo`lib. Server tomonda turgan sayt orqali ishlash kerak bo`ladi. Oddiy veb sahifadan tortib, katta tizimlargacha hozirda vebda qilinadi. Desktopchalik kompyuterning barcha imkoniyatlaridan foydalana olmaydi, chunki biror brovserning ichida ishlaydi. Lekin ko`p foydalanuvchilik tizimlar uchun juda qulay texnologiya.
6.Database - bu o`ziga hos alohida yo`nalish. Bunda ko`proq toza ma'lumotlar bilan ishlash kerak bo`ladi. Ayniqsa ma'lumotlar ko`p bo`lganida bazani o`zida dastur tuzishga to`g`ri keladi. Bu ham veb ham desktop bilan ishlay oladigan texnologiya.
7.Bulardan tashqari yana ko`p texnologiyalar bor, hammasini sanab o`tishning iloji yo`q.
Bundan tashqari yana ko`p narsalar bor. Full-stack dasturchi dan boshlab, AVL dasturchigacha. Shunga siz bir chekkadan boshlasangiz qolganini asta-asta o`rganib olasiz.
Ko`proq adabiyot o`qing. o`zingizga qizziq bo`lgan, texnologiyalarni kuzatib boring.
Manba: http://lib.uzbender.ru/article.php?id=4523
MAQOLA YOQQAN BÕLSA ++ BOSIB QÕYING