Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=57502
Postga havola
ReSun [310] [off]
Mavzu xato ochilgan. IMEI nomeri yo'q telefonlar emas, tahminan 1$ ga kompaniyaga borib telefoningizni IMEI raqami orqali kishi boshiga bitta(!) SIM karta, 6 oy uchun(!) registratsiya qilish taklif qilinayotgan edi, bunda faqat o'sha reg qilingan SIM kartani faqat o'sha reg qilingan IMEI raqami mos keluvchi telefonda ishlatish mumkin bo'lar edi. Masalan, telefoningizni zaryadi tugadi, uyingizda boshqa telefon bor o'shanga SIM kartangizni solasiz, telefon IMEIsi Davaat tomonidan registratsiya qilingan bo'lsa tel ham, SIM karta ham bloklanib, ishlamay qolishi, blokni ochish uchun yana kompaniyaga (yoki reja bo'yicha Davlat Xizmatlari Agentligiga) borib, pul to'lab(!) ochtirish talab etilishi ko'zda tutilgan edi. Ko'zlangan asosiy maqsad telefon, gadjetlar o'g'riligini oldini olish, himoyalash bilan baroaarida byudjetga tushum qilish edi. Xullas, korobka/dokumenti yo'q tel ishlatayotganlarga yumshoq qilib aytganda ko'nglini g'ash qiladigan g'oya edi. Xudoga shukr tinchib ketdi, lekin bilib bo'lmaydi kim dokumenti yo'q tel ishlatayotgan bo'lsa harakatini qilib, boshqa dokumenti bor telefon olib qo'yaversin har narsa bo'lishi mumkin, chunki agar shu g'oya rostdan amalga oshsa, kompaniyaga borib SIM kartani telga registratsiya qilaman desanglar *#06# qilib ko'rsatganinglar o'tmaydi, kak polojeno korobda dokument bo'lmasa o'g'rilagansan deb shantaj qilib yuborishlari ham mumkin.