Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=58302
Postga havola
DiLLeR_BoY [360] [off]
Menga Uzmobdan yaxshi xotirlar qolgan mana shu forum asoschisi iSeerojiddin u paytlar iGsmart edi. Bir kun forumga kirsam hamma yog' alg'ov dalg'ov. Kimdir ban olgan kimnidir profili o'g'irlangan. Eng kerakli savdo sotiq mavzulari o'chirilgan. Keyinroq Rustik forum yangiliklari bo'limiga mavzu ochdi. "Hurmatli forumdoshlar forumimiz qadrdoni iGsmart profili "yomon amakilar" tomonidan buzib kirilganligi sababli saytda ko'pgina noqulayliklar yuzaga keldi. Mana shu sababdan iGsmart mamuriyat a'zoligidan chetlatildi" menimcha yangiliklar orasida eng ko'p "komentariya" yozilgan mavzu o'sha mavzu bo'lgandi. Ana o'sha payt butun forum ikkiga bo'lingandi. Bir toifa odamlar Sirojbekni ayblasa bir taraf uni himoya qilardi. Kimlardir bu ish ataylabdan qilingan desa kimdir hamma saytga "bir xil parol" qo'yib kirish mana shunday axvolga kelgan derdi. Lekin juda ham muhokamaga sabab bo'lgandi o'shanda. Nima bo'lganda ham u davrlar boshwacha edi. Forum tangasini wadri baland edi. Nik bo'yash va fon qo'yish juda ham zavqli edi.