Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=63762
Postga havola
AMIROV [324] [off]
Turk maqollari...
• Og‘rigan bosh, yig‘lagan ko‘z yashirilmas.
• Yig‘lasa onam yig‘lar, boshqasi yolg‘on yig‘lar.
• Og‘ir qozon kech qaynar.
• Og‘riqsiz bosh mozorda bo‘ladi.
• Ochiq yaraga qurt tushmas.
• Odam eshagidan, xotin to‘shagidan ma’lum.
• Odam bo‘lganga bitta so‘z yetar.
• Odam yengilish bilan ma’rifatli bo‘ladi, yanglishish bilan ― olim.
• Odamning yaxshisi ish boshida ma’lum bo‘ladi.
• Och qo‘ynida oziq turmas.
• Och tovuq tushida bug‘doy omborini ko‘rar.
• Och to‘qning holini tushunmas.
• Daraxt qanchalik ko‘p meva bersa, shoxi shunchalik yerga egiladi.
• Daraxt qanchalik yuksak bo‘lsa ham, barglari yerga to‘kiladi.
• Daraxt uchiga yel tegar, yaxshi kishiga so‘z tegar.
• Daraxtga beshikdan mozorga qadar muhtojmiz.
• Yog‘ochga tayanma, chirur, insonga quvonma, o‘lur.
• Daraxtni qurt, insonni dard bitirar.
• Oqar suvda kir bo‘lmas.
• Oqil pulga sotilmas.
• Aqlsiz boshning jazosini oyoqlar oladi.
• Oziqsiz yo‘lga chiqqanning ikki ko‘zi el to‘rvasida bo‘ladi.
• Oyoq sig‘magan joyga bosh suqilmas.
• Otdan tushdi, eshakka mindi.
• Otlar tepisharkan,orada eshaklar ezilar.
• Otning yaxshisi orqadan kelmas.
• Otilgan o‘q orqaga qaytmas.
• Olov bo‘lmagan yerdan tutun chiqmas.
• Olov tushgan yerni yoqadi.
• Ot sohibiga o‘xshab kishnar.
• Ot yetti kunda, it yegan zahoti unutar.
• Ot o‘lar maydon qolar, yigit o‘lar shon qolar.
• Ot bo‘ladigan toy yurishidan ma’lum.
• Ot qornidan, yigit burnidan ma’lum.
• Mashaqqatsiz ishq bo‘lmas.
• Aslini inkor etganning nasli bo‘sh bo‘lar.
• Asli qanday bo‘lsa, nasli shunday bo‘ladi.
• Aslini inkor etgan haromzodadir.
• Arpa ekib bug‘doy kutma.
• Ari chaqmagan bolning qadrini qayerdan bilsin.
• Izlagan topar, ingragan o‘lar.
• Izlagan balosiniyam, davosiniyam topar.
• Axmoqning qorni to‘yguncha ko‘zi yo‘lda bo‘ladi.
• Onasiga boqib qizini ol, ipiga boqib bo‘zini ol.
• Ona kabi yor, Bag‘dod kabi diyor bo‘lmas.
• Oltinning bahosini sarrof biladi.
• Oltin qilich temir eshikni ochar.
Turklar— Kichik Osiyodagi xalq. Turkiyaning asosiy aholisi (55,115 mln. kishi, 2004). Yana Germaniya (2 mln. kishi), Bolgariya (706 ming kishi), Shimoliy Kipr (139,6 ming kishi), Rossiya (95 ming kishi), AQSh (66,5 ming kishi, 1998), Makedoniya (78,7 ming kishi), Ruminiya (44,7 ming kishi) yashaydi. Umumiy soni 60 mln. kishi. Turk tilida so‘zlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar...!