Yangi formatda davom etish uchun: https://uzfor.net/view.php?act=post&id=63777
Postga havola
AMIROV [324] [off]
XX asr dunyo adabiyotning zabardast vakillaridan biri Frants Kafka 1883 yil 3 iyulda Avstriyada tavallud topdi. Uning “Qasr”, “Amerika”, “Evrilish”, “Hukm” kabi qator asarlari dunyo kitobxonlariga yaxshi tanish. Kafkaning turfa xil jumboqlarga boy asarlarini o‘qib, tadqiq etganimiz sayin, uning badiiy olami yangi-yangi qirralari bilan bizni hayratga solaveradi. Quyida havola etayotganlarimiz ham sizni albatta qiziqtiradi, deb o‘ylaymiz, zero – ularda hayotning g‘oyat chuqur va murakkab nuqtalariga fikran yetib borgan adib turmushning turfa xil ziddiyatli vaziyatlarini falsafiy mushohadalar shaklidagi aforistik iboralarda ifodalashga harakat qilgan.
* * *
* Haqiqat yo‘li yerning ustidan biroz balandlikda tortilgan arqon bo‘ylab o‘tadi. U unda yurishdan ko‘ra ko‘proq u to‘g‘rida xayol surishga mo‘ljallanganga o‘xshaydi.
* Qarashlarning xilma-xilligi qanday bo‘lishi mumkin, masalan, olmaga nisbatan deylik: stol ustidagi olmaga bir bor ko‘rish ilinjida bo‘ynini cho‘zayotgan bolakayning qarashi qanday va hech bir malol chekmay, olmani olib, uni ilhaq bo‘lib turgan bolakayga uzatayotgan uy egasining qarashi qanday?
* Agar sen qalb amring ila to‘g‘ri yo‘ldan ketayotgan va hayotingdagi jamiki kechmishlar ortda qolgan bo‘lsa, unda hammasi o‘tmish qa’riga kirib yo‘q bo‘lib ketarmidi; ammo bu “qilko‘prik”dan o‘tayotganingda sen unga osiltirib qo‘yilganga o‘xshaysan, unda qadamlar faqatgina yerning amriga ko‘ra tashlangan bo‘lishi mumkin va ortga qaytishingning imkoni qolmaydi.
* Kuz yo‘liga bir nazar tashlang: hozirgina undagi xazonlarni supurib tashlashdi, u esa yana qurigan barglar bilan qoplandi.
* Qafas qush izlagani ketdi.
* O‘zingda diyonat emas, yovuzlik ustun degan tasavvur uyg‘onishiga yo‘l qo‘yma.
* Qo‘l toshni mahkam siqib olgan. Toshni uzoqqa otish uchun ham qo‘l uni mahkam siqib oladi. Lekin yo‘l toshning borib tushish joyiga emas, balki o‘z manziliga olib boradi.
* Haqiqiy dushman oldida senda cheksiz mardlik paydo bo‘ladi.
* Dunyoda qanday qilib shodlanish mumkin? Basharti faqat sen uning ichiga qochib kirsang.
* Seni yovuzlik sari undayotgan yot fikrlar – bu sening fikrlaring emas, balki yovuzliknikidir.
* Hayvonlar o‘z egalarining qafasidan chiqib, o‘zlarini xo‘jayin deb his etmoqni istaydilar, lekin ular bu o‘yin faqat egalarining yangi qafasni qurib bitkazgunicha o‘ylab chiqqan bir hiyla ekanini bilmaydilar.
* Yaxshilik, qaysidir ma’noda, minnatli hamdir.
* Qarg‘alar faqat qarg‘agina osmonni yo‘q qilishga qodir deb biladilar. Ammo osmonning – bu osmon, qarg‘aning – qarg‘a ekani hammaga ham ma’lum-ku!
* Ilgarilari men bir narsani sira tushunmas edim: odamlar o‘z savollariga nega javob olisholmaydi? Endi esa so‘rash mumkinligini o‘ylab, o‘zim hayron qolaman. Bundoq o‘ylab qarasam, men ilgarilari o‘ylamas ekanman, faqat so‘rar ekanman.
* Boshni quyi egish – bu cheksiz nafrat va jirkanish alomatidir.
* Taraqqiyotga ishonish taraqqiyotga erishilganiga ishonish degani emas. Yo‘qsa bu ishonch deb atalmagan bo‘lur edi.
* Inson o‘zidagi barham topmaydigan qandaydir bir narsaga doimo ishonib yashaydi, negaki u barham topmaydi va bu ishonch uning uchun uzoq vaqt maxfiy qolishi ham mumkin. Bu maxfiylikning ko‘rinishlaridan biri – ilohiyotga bo‘lgan ishonchdir.
* Kuchli bir yorug‘lik bilan butun olamni munavvar etish mumkin. Ko‘rishi kuchsiz bo‘lgan ko‘zlarni u qamashtira boshlaydi, undan ham kuchsiz bo‘lgan ko‘zlar oldida unda mushtlar paydo bo‘ladi va unga qiyo boqishni istamaganlarni mahv eta boshlaydi.
* Biz shunchaki javob berolmaydigan savollar bor, shukrki tabiatning o‘zi javob berishdek mashaqqatni bo‘ynimizdan soqit qildi.
* Hissiyot olamidan tashqaridagi barcha narsalarni til faqat ishora qilish bilangina izhor eta oladi, ammo unga eng yaqin bo‘lgan ifodani ayta olmaydi, chunki til hissiyot olamiga muvofiq holda faqat bor bo‘lgan moddiyatlar va ular bilan bog‘liqlarnigina ta’rif eta oladi.
* Oyoq bosib o‘tilmagan zinapoya aslida quruq og‘ochdir.
* Kimki dunyoda o‘z yaqinini sevsa, bu dunyoda faqat o‘zinigina sevadigan odamga qaraganda katta ham, kichkina ham bo‘lmagan adolatsizlikka yo‘l qo‘yadi. Faqat bir savol qoladi: birinchisi mumkinmikan?
* Bizning san’atimiz – bu haqiqat bilan ko‘zlarning qamashishi: faqat yuzda nafrat alomati bilan orqaga tislangandagi nur haqiqatdir.
* Baxtga erishishning nazariy jihatdan yuz foiz imkoniyati bor: o‘zingda barham topmaydigan bir narsaga ishonish va unga intilmaslik.
* O‘zingni odamiylikda sunbathing ko‘r. Bu sinov shubhalanuvchini shubhalanishga, ishonuvchini esa ishonishga undaydi.
* Odamlar bilan muloqotda bo‘lish o‘zingni anglashingga olib keladi.
* Ruh qachon jon bo‘lishdan to‘xtasa, u ozod qilinadi.
* Biz jannatda yashash uchun yaratilgan edik, jannat esa bizlarga xizmat qilish uchun. Bizning yozig‘imiz o‘zgartirilgan edi, jannatning yozig‘i haqida esa gapirilmaydi.
* Yovuzlikni xuddi qurol kabi ba’zan qo‘lga olib turiladi; u qarshilik ko‘rsatmasdan o‘zining bir chekkaga olib qo‘yilishiga izn beradi, agar bunga iroda yetsa.